Get Mystery Box with random crypto!

Manaviyat.edu.uz

Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz M
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Telegram kanalining logotibi manaviyateduuz — Manaviyat.edu.uz
Kanaldagi mavzular:
Voqealar
Tavalludlar
Bayramlar
Marifat
Қурбон
All tags
Kanal manzili: @manaviyateduuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 60.61K
Kanalning ta’rifi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi
🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz
👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 75

2022-09-23 17:31:23
#tanlov

Hurmatli doktorant, magistr hamda ilmga chanqoq talabalar, 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabati bilan OAK roʻyxatidagi "Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" ilmiy jurnal tahririyati onlayn tanlovini e'lon qiladi.

Kanalımız orqali e'lon qilinadigan 30 ta onlayn test savollariga javob berasiz va g'oliblikni qo'lga kiritasiz. Jumladan, birinchi savollarga eng tez, eng ko'p javob bergan 3 kishining maqolasi jurnalda bepul nashr etiladi.

Test savollari 26-sentabr kuni soat 20:00 da kanalımızda e'lon qilinadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
6.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:42:14
#dayjest

TATU Nukus filiali
openbudget.uz portalida umumiy qiymati 500 000 000 so'mlik Mediamarkaz tashkil qilish bo‘yicha loyiha g‘olib deb topildi.

O'zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti dekani A.Yuldashev, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini D.Xamdamov, tyutorlar va talaba-yoshlar bilan birgalikda Adiblar xiyobonida Aleksandr Faynberg ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

TKTI Adiblar hiyobonida "Adabiyot-xalqning yuragi" shiori ostida Qoraqalpogʼiston xalq shoiri, Oʼzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodini chuqur o'rganish va targ'ib qilishga bagʼishlangan "Ajdodlarni xotirlash burchimizdir“ nomli maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbir boʼlib oʼtdi.

JizPIda “Yosh havaskorlar” tanlovi o‘tkazidi.

AndQXAI rektori O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
5.2K views09:42
Ochish/sharhlash
2022-09-22 17:13:44
“Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining 1-sharti gʻoliblari bilan tanishing!

Xabar berganimizdek, joriy yilning 13-14-sentabr kunlari Oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining 1-sharti boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, hakamlar hayʼati tomonidan barcha ishtirokchilarning hujjatlari oʻrganib chiqildi va 1-shart boʻyicha baholandi.

Barcha ishtirokchilarning natijalari

1-shart boʻyicha yuqori ball jamgʻarib, tanlovning 2-shartida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritgan ishtirokchilar roʻyxati bilan quyidagi havolani bosib tanishishingiz mumkin.

2-shartga yoʻllanma olganlar

Mazkur koʻrik-tanlov respublika bosqichining 2-sharti boʻyicha taqdimot qiladigan barcha talaborlarni 28-sentabr kuni 10:00 da Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markaziga kelishlarini soʻraymiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
17.7K views14:13
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:30:44
Taʼlim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot, suv taʼminoti boʻyicha murojaat va takliflarni qabul qilish boshlandi

Agar Sizda ushbu sohalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan yoki boshqa masalalarga oid takliflar boʻlsa, ularni taklif2023.uz sayti yoki @taklif2023_bot manzili orqali yuboring.

Unutmang, Sizning taklifingiz – Oʻzbekiston uchun muhim!

Batafsil

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-22 14:06:34
#vazir_yoshlar_davrasida

Yangihayotda yangicha hayot boshlandi

Kecha vazir A.Toshqulov va poytaxt hokimi oʻrinbosari D.Rahimova masʼullar hamrohligida “Tashkent indeks” majmuasida joylashgan talabalar holidan xabar oldi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.2K views11:06
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:47:55
«Hayot qaynamoqda» — talabalar yashashni boshlagan Tashkent Index kompleksidan fotoreportaj

Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun Tashkent Index savdo majmuasida 10 ming o‘rinli yotoqxona tashkil etilishi aytilgandi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam reportaj tayyorladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.5K views10:47
Ochish/sharhlash
2022-09-22 12:45:21
#solar_panel
#muqobil_energiya

Ma’lumki, davlatimiz rahbari raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda barcha oliygohlarda 2022-yilning o‘zida tejamkor energiyadan foydalanishni joriy qilish topshirilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatda birinchilardan bo'lib Andijon mashinasozlik institutida quvvati 100 kVt/s lik quyosh panellari o'rnatilmoqda.

HD formatda ko'rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.5K views09:45
Ochish/sharhlash
2022-09-22 11:17:50
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

NURLI QALBLARGA EHTIROM

NamDU

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2.1K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2022-09-21 17:04:01
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda

Maʼlumki, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Adabiyot–xalqning yuragi” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Xususan mazkur tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida bugun ham bir qator oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari va talaba-yoshlari ishtirokida barhayot siymolarimizga ehtirom sifatida ana shunday anʼana davom ettirildi. Jumladan, TDYU, O'zDK, TTYeSI, TMI, TATU va TDAU talabalari tomonidan turli sahna koʻrinishlari, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.

Batafsil maqola va fotolar ushbu havolada

YouTube'da HD formatda ko'rish

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
4.9K views14:04
Ochish/sharhlash
2022-09-21 15:17:11
#Eslatma
#Talabalar_uchun

Oʻzbekiston milliy bank tomonidan talabalarga super-kontrakt uchun ta’lim krediti ajratilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
4.6K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash