Get Mystery Box with random crypto!

BIR VATANNING BIR MAQSADLI FARZANDLARIMIZ! Xalqimiz duoga qo‘ | Manaviyat.edu.uz

BIR VATANNING BIR MAQSADLI FARZANDLARIMIZ!

Xalqimiz duoga qo‘l ochsalar, eng avvalo, Yaratgandan el-yurtga tinchlik so‘raydi. Bu bejiz emas. Chunki tinchlik bor joyda xotirjamlik, fayz-baraka, obodlik bo‘ladi. Tinchliksiz insonga na yegan-ichgani, na boyligi tatiydi.
Shuni ham ta’kidlash joiz, xalqimiz qanday kunlarni boshdan o‘tkazmasin, doim ahillik va murosa yo‘lini tanlab kelgan. Bu xalq o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, rus, tatar va boshqa millat vakillaridan iboratki, ularning har biri - Vatanning aziz farzandlari, qadri ulug‘ fuqarolari. Ular orasida qoraqalpoqlar ko‘pki, o‘zbek va qoraqalpoq elining do‘stligi shu paytgacha o‘nlab asarlarda, adabiyotlarda o‘z e’tirofini topgan.
Qoraqalpoq xalqi - bizga jon qadar yaqin. Bu xalqning mardligi, mehnatkashligi, soddadilligi, mehmondo‘stligi, birodarparvarligi hamisha hayratimizga sabab bo‘lgan.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi