Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 128

2021-11-26 13:03:17 ​​​​Viktorinaning birinchi kungi bosqichi yakunlandi

Bugun bo‘lib o‘tgan “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasining 1-turida 2000 dan ortiq ishtirokchi faol qatnashib, ular orasidan 394 nafari barcha savolga to‘g‘ri javob berishdi.

G‘oliblar ushbu ishtirokchilar orasidan bugun soat 17:00da Yoshlar ishlari agentligining Youtube sahifasida (https://www.youtube.com/channel/UCxE5i6o) jonli efirda (www.random.org) sayti yordamida aniqlanadi.

Tasodifiy g‘olibni aniqlashda ishtirok etadigan ishtirokchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali (https://telegra.ph/Konstitutsiya-bilimdoni-onlayn-huquqiy-viktorinasi-1-tur-11-26) tanishing.

Viktorinada faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar bir hafta mobaynida o‘zlariga tegishli viktorina natijalarni (natijalarni o‘chirib yubormaslik lozim!) Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlariga shaxsan ko‘rsatib, esdalik sovg‘alarini olib ketishi mumkin bo'ladi.

Viktorina shartlarini buzgan g‘olib ishtirokchi tanlovda g‘olib deb topilmaydi va taqdirlanmaydi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
23.0K views10:03
Ochish/sharhlash
2021-11-26 09:47:17 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkaziladi:

Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimi uchun test sinovi – soat 14:30 da;

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi vakant lavozimi uchun suhbat – soat 16:00 da.


Jarayonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida test bosqichi Agentlikning YouTube sahifasi orqali keng jamoatchilik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Mazkur havola orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
25.5K views06:47
Ochish/sharhlash
2021-11-26 09:00:04
“Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasi boshlandi!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan “Bizning Konstitutsiyamiz” targʻibot aksiyasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasi o‘tkazilmoqda.

Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin:

t.me/QuizBot?start=5yeptUb5

Viktorina 13:00ga qadar davom etadi!

Ishtirokchilar Konstitutsiyaga oid jami 30 ta test savoliga to‘g‘ri va tezkorlik bilan (har bir savolga 30 soniya ichida) javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan (!) ishtirokchilar orasidan g‘oliblar bugun Yoshlar ishlari agentligining Youtube-kanalida tasodifiy g‘olibni aniqlash
(www.random.org) yordamida jonli efirda topiladi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
27.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-11-26 07:00:02
So‘rovnoma natijalari bilan tanishing!

U-Report, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorlikda joriy yilning oktabr oyida Volontyorlarni rag‘batlantirish haqida yoshlarni fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnomada O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 10 600 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Natijaga ko‘ra, Respondentlarning 88 foizi, Volontyorlarni mukofotlash kerak deb hisoblashgan.

34 foiz respondentlar Volontyorlarni sohalar/yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlash yaxshiroq ekanini taʼkidladilar: masalan, tibbiyot, ekologiya va boshqalar.

Natijalar bilan batafsil tanishish...

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
24.9K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-11-26 06:14:26
Har kuni erta tongda minnatdorchilik izohlarini ko’rib, yoshlarga foydamiz tegayotganidan xursand bo’laman. Iqtidorli, bilimli, ammo iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan yoshlarni davlatimiz qo’llab-quvvatlashga harakat qilayapti. Tan olish kerak minglab murojaatlar ham bo’lmoqda, hattoki murojaatlarni o’rganib yordam berishga ham ulgurmayapmiz. Sizlar ham yordam beringlar, faqat haqiqatan moliyaviy ko’makka muhtoj, bilimli yoshlar murojaat jo’natishsa yaxshi bo’lardi, boshqa yoshlarning haqiga ham insof bilan yondashgan bo’lardik.

P.S.
Sizlarga biroz bo’lsada suyanch bo’la olsak xursandmiz.

@alisher_sadullaev
20.6K views03:14
Ochish/sharhlash
2021-11-25 20:45:57
Yurtimiz yoshlari diqqatiga

Mamlakatimiz bo‘ylab 26-27-noyabr kunlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Mening armiyam - mening faxrim" shiori ostida yoshlar aksiyasi o'tkaziladi.

Aksiya doirasida:
• Harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi;
• Harbiy orkestr va taniqli estrada xonandalarning konsert-dasturi;
• Harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlar va harbiy vatanparvarlik sohasiga oid viktorina o'yinlari o'tkaziladi.

Hududlarda o'tkaziladigan Yoshlar aksiyasi bo'yicha ma'lumotlarni ushbu havola orqali olib Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
33.9K viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2021-11-23 18:46:03
Tashabbuskor yosh xotin qizlar diqqatiga!

"Qizlar ovozi" klubi hududiy, tuman(shahar) koordinatorligi uchun tanlov e'lon qiladi.

Siz o‘z hududingizda yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga koʻtarish, ularning manfaatini himoya qilish, qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilishga qodirmisiz?

Unda Sizni o‘z safimizga chorlaymiz!

Tanlov:

• tuman(shahar) koordinatorligi uchun 2 bosqichda onlayn shaklda;
• viloyat koordinatorligi 3 bosqichda onlayn va offlayn shaklda boʻlib oʻtadi.

Tanlovga korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan hamda vaqtincha ishsiz boʻlgan yoshi, millati va irqidan qatʼiy nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 10-dekabr sanasiga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
15.8K views15:46
Ochish/sharhlash
2021-11-23 16:18:41
"Yosh kitobxon" tanlovi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:

• Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali yoki 1093 qisqa raqami orqali ro‘yxatdan o‘ting;

• Tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing;

• Tanlov nizomini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin;

• Tanlovning saralash bosqichlari joriy yilning 14-16-dekabr kunlari barcha tuman(shahar)larda bo‘lib o‘tadi;

• "Yosh kitobxon" bo‘yicha barcha yangiliklarni @yoshkitobxonuz sahifasi orqali kuzatishingiz mumkin.

#savoljavob #1qism

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
20.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-11-23 13:06:50
“Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh liderlar forumi

Joriy yilning 16-19 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatida “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh liderlar forumi tashkil etildi.

Forumda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston mamlakatlari yoshlari ishtirok etdi.

Batafsil

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
20.3K views10:06
Ochish/sharhlash
2021-11-23 10:07:41 Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan, Ta'lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash boshqarmasida mavjud bo‘lgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov asosida suhbat o‘tkazilmoqda.

Suhbatni ushbu havola

orqali YouTube sahifamizda jonli kuzatishingiz mumkin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
23.4K views07:07
Ochish/sharhlash