Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Bolalarforumi
Festival
Beshtashabbusolimpiadasi
Stoltennis
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Bolalarforumi
Festival
Beshtashabbusolimpiadasi
Stoltennis
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71.64K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 121

2021-12-23 08:18:10
"O'zbekiston yoshlar forumi-2021" doirasida Samarqand shahridagi "Family park" muz saroyida "Biznes marafon" loyihasining "Digitalagro" yo'nalishida uchrashuv tashkil etildi.

Digitalagro yo'nalishida onlayn platformalar taqdimotlari bo'lib o'tdi. Ushbu loyihaning tashkil etilishi qishloq xo'jaligi sohasiga zamonaviy jarayonlarni tadbiq etishdan iboratdir.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.6K views05:18
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:37:15
Yoshlar forumi kundaligi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida bugun, 22-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi «Astrum» IT-Akademiyasida «Ilm-fan – innovatsion taraqqiyot asosi» nomli talabalar va yosh olimlar sessiyasi bo’lib o’tdi.

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
10.5K viewsedited  14:37
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:16:12
Elchi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 21-dekabr kuni “Yoshlar Press-klubi”da Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonov bilan “Elchi va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi mas’ul vakillari, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xodimlari, Yaponiyada ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan bir qatorda Yaponiyada ta’lim olish va mehnat qilish istagidagida bo‘lgan talabalar va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar Yaponiyada ta’lim olish uchun grantlar, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va Yaponiyaga borish boʻyicha viza olish masalalari, mehnat sharoitlari, mamlakatdagi mavjud epidemiologik holat yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
14.9K views11:16
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:20:26
«Startap va Investor» loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi «O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021» doirasida 23-dekabr kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida loyihaning Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Spikerlar:
Umidjon Ishmuhammedov —
IDP IELTS, Edu-master, Edu-action asoschisi;
Shohida Ibragimova — Moliya uz, GrowthAcademy, "Moliyaviy savodxonlik" kursi asoschisi
Shahzod Umirzakov — Qozog‘istondan $20,000 investitsiya jalb qilgan Passenger Transit, TASS Vision startap loyihalar asoschisi.

Loyihaga investor, startapchi yoki ishtirokchi sifatida darhol ro‘yxatdan o‘ting. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
13.0K views10:20
Ochish/sharhlash
2021-12-22 13:17:24
Ayni vaqtda «Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida «Besh muhim tashabbus: imkoniyat va istiqbollar» iqtidorli yoshlar sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
11.9K views10:17
Ochish/sharhlash
2021-12-22 11:36:55
«Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida bugun, 22-dekabr kuni soat 15:00da bloger Nurbek Alimov bilan ovozli suhbat boʻlib oʻtadi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/nurbekalimov?livestream

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
13.3K viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:17:51 Ayni damda Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan “Biznes marafon” loyihasining finalini jonli efir orqali tomosha qilishingiz mumkin!



15.9K views06:17
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:15:46 ​​ Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi

“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (765-son, 21.12.2021 y.) qabul qilindi.

Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.

Qarorga asosan, mazkur mablag‘lardan 2022-2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:

kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 %).

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:08:18 «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021»da yoshlar uchun onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyat. Tomosha qiling:



Inklyuziv ta’lim. Tomosh qiling:



Nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv markazlari faoliyati. Tomosh qiling:



Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (IT) va internet. Tomosh qiling:



Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Tomosha qiling:



Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
15.4K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2021-12-21 21:55:11
Umumiy jismoniy tarbiya bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tadi

«Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 24-dekabr kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida UJT (umumiy jismoniy tarbiya) bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda sportchi-yoshlar turnikda tortinish, bryusda “otjimaniya” va yerda “otjimaniya” kabi mashqlarda raqobatlashadilar.

Gʻolib boʻlgan yoshlar 1-o‘rin uchun 50 000 000 so‘m; 2-o‘rin uchun 40 000 000 soʻm va 3-oʻrin uchun 30 000 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Bundan tashqari, yuqori natija ko‘rsatgan yana 11 nafar sportchi-yoshlarning har biri 10 000 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadilar.

Yoshlar ijod saroyi

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
20.8K views18:55
Ochish/sharhlash