Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 127

2021-12-07 17:39:36
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
14.7K viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2021-12-07 16:40:49
Yoshlar ishlari agentligi direktori Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi mahalla yoshlari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor hududlardagi mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga saralanayotgan nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Aynan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida ham Yoshlar ishlari agentligi direktori ishtirokida mahallalarda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga saralanayotgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Undan so‘ng, kech bo'lishiga qaramay, yoshlar muammolarini o'rganish maqsadida Oqdaryo tumani Yangiqishloq mahallasida joylashgan maktab sport zalida mashg'ulot olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Agentlik direktorining Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.6K views13:40
Ochish/sharhlash
2021-12-07 15:06:37
Qadrli yoshlar tayyor turing, "Agro marafon"ning navbatdagi manzili Navoiy va Buxoro!

Yoshlar ishlari agentligi va “Yosh fermerlar Kengashi” tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilayotgan “Agro marafon” respublika bo‘ylab yurishini davom etadi.

10-dekabr, soat 14:00da – Navoiy viloyati, Karmana tumanida "Zarafshon Golden Group" eksport klasterida,

11-dekabr, soat 10:00da – Buxoro viloyati, "Buxoro Varnet" MCHJ binosida.

"Agro marafon" - bu sohada faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan master-klasslar va agrobiznesda yuqori daromad olish sirlariga yo‘l.

Loyiha yosh fermerlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yevropada Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilmoqda.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.1K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash
2021-12-07 10:08:19
18-25-dekabr kunlari «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021»

Yoshlarforumi.uz platformasiga kirib, taklif va tashabbuslaringizni yuboring hamda forumda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ling! Siz yuborgan takliflar juda muhim va biz uchun qadrli.

Forum yangiliklarini kuzatib boring!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
22.9K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-06 15:23:50
Yoshlar ishlari agentligi xodimi “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun Yoshlar ishlari agentligi Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘limi boshlig‘i Alimov Akmalbek Abdumajidovich “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Akmalbek Abdumajidovichni ushbu ko‘krak nishon munosabati bilan tabriklaydi!

#etirof

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
14.4K views12:23
Ochish/sharhlash
2021-12-06 12:13:23
«O‘zbekiston yoshlari forumi-2021»: yoshlardan kelgan takliflar soni 1200 dan oshdi

18-dekabrdan 25-dekabrga qadar «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi. Qisqa fursatda yoshlardan 1200 dan ortiq takliflar kelib tushdi.

Siz ham ham yoshlarforumi.uz platformasiga kiring, taklif va tashabbuslaringizni qoldiring. Forum yakunlari bo’yicha Hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Siz bildirgan takliflar Hukumat qarorida aks etishi mumkin! Sizning tashabbusingiz juda muhim!

Forumga oid yangiliklardan xabardor bo'ling:
@yoshlarforumi

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
19.2K views09:13
Ochish/sharhlash
2021-12-06 08:34:28 ​​Hokim yordamchisi lavozimida oliy maʼlumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–29-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.

Mazkur lavozimga:

• Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (shoʻba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;

• nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

• tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.

Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Farmonga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni taʼsis etildi.

Ushbu ko‘krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.

Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
24.0K views05:34
Ochish/sharhlash
2021-12-06 08:04:17
Assalomu alaykum, do’stlar!

yoshlarforumi.uz bo’yicha qanday savollaringiz bor? Volontyorlar jamoasiga qo’shilmoqchimisiz yoki ishtirok etib nutq so’zlamoqchimisiz? Umuman barcha jarayonlar bo’yicha savollar berishingiz mumkin. Izohlarda barcha savollarga shaxsan o’zim javob berib boraman.

@alisher_sadullaev
14.7K views05:04
Ochish/sharhlash
2021-12-05 13:01:43
Respublikamiz bo'ylab volontyorlar jamlandi!

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida 5-dekabr - Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan respublika volontyorlari bilan onlayn konferensiya o'tkazildi. Konferensiyada BMT volontyorlar dasturining MDH va Yevropa davlatlari bo‘yicha koordinatori Rimma Sabaeva O'zbekiston volontyorlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, respublikamizdagi "Volontyorlar maktabi" mentorlari tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari va kelajakdagi yangi rejalari yuzasida taqdimot hamda bayram dasturi namoyish qilindi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2021-12-05 11:14:26
5-dekabr - Xalqaro volontyorlar kuni!

Qadrli volontyorlar!

Mamlakatimizda volontyorlik harakatini rivojlantirishga qo'shgan hissangiz, minglab insonlarning manfaati uchun qilgan mehnatlaringiz va jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlar jarayonida ishtirok etayotganingiz uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Biz, natija uchun harakat qilayotganingiz, yaxshilik qilish va yaratish istagingizni qadrlaymiz!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
25.9K views08:14
Ochish/sharhlash