Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 126

2021-12-08 20:24:09
O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyati haqida ma'lumotga egamisiz?

(6-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
9.2K views17:24
Ochish/sharhlash
2021-12-08 20:07:01
O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi hokimiyati haqida ma'lumotga egamisiz?

(5-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
10.2K views17:07
Ochish/sharhlash
2021-12-08 17:47:46 ​​Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida sizlarga so’zlab bermoqchiman. Chekka hududlardagi mahalla yoshlarining muammolarini o’rganib yurganimizdan xabaringiz bor.

Ayni damda Jizzax viloyatidamiz. Ertalab Zarbdor tumani, tushdan keyin Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasiga bordik. Yoshlar bilan muloqot qilib turganimizda Shahodat ismli opaga ko’zim tushib qoldi. Opaning ko’zlarida onalarcha mehr bor edi. Ulardan “farzandlaringiz nima bilan shug’ullanadi, deb so’radim?” Ular “4 nafar farzandim bor, ikki qiz, ikki oʻgʻil — hammasi o’qiydi”, deb javob berdilar. 3 nafari toʻlov-kontrakt, bir nafari grantda o’qirkan.

Xayron bo’ldim, qanday qilib bir vaqtning o’zida 3 ta kontrakt pulini to’lash va qo’shimchasiga talabalar xarajatlarni qoplash mumkin axir? Shahodat opa o’z vaqtida oliy ta’lim olish uchun imkoni bo’lmaganligini, lekin hozir hech bir farzandi oliy ta’lim olish imkoniyatidan voz kechmasligi kerakligini aytdilar. Hatto bu oila uchun og’ir moliyaviy qiyinchiliklar tug’dirsa ham.

Men o’zim uchun bugun yangi qahramonni kashf qildim. O’zi yemay-ichmay bolam deb, farzandlari ta’limi uchun borini beradigan mana shunday ota-onalar jamiyatimizning, zamonamizning haqiqiy qahramonlaridir! Rosti ichimdan nima o’tganini o’zim bilaman. Shahodat opadan ularning oilalariga qanday yordam bera olishimni so’radim, ular kamtarona “o’zimiz uddalaymiz” dedilar.

Taqdirni qarangki, “Talabaga madad” loyihasi orqali bir qizlarining kontrakt pulining yarmini to’lab bergan ekanmiz. Endi yana bir qizlarining kontrakt pullarini bir qismini to’lab beradigan bo’ldik. Ayniqsa, qizlari ta’limi uchun harakat qilayotgan Shahodat opaga hurmatim ikki karra oshdi.

O’g’il farzandlari Bunyodbek esa Toshkentda grant asosida o’qir ekan, uning bir yillik yotoqxona xarajatlarini qoplab beradigan, o’qishi uchun agentligimiz nomidan noutbuk sovg’a qiladigan bo’ldik. Shunaqa gaplar, do’stlar!

@alisher_sadullaev
12.6K views14:47
Ochish/sharhlash
2021-12-08 15:35:49
O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi haqida ma'lumotga egamisiz?

(4-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
17.3K views12:35
Ochish/sharhlash
2021-12-08 12:50:39
Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari haqida nimalarni bilasiz?

(3-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
19.6K viewsedited  09:50
Ochish/sharhlash
2021-12-08 11:48:17
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari haqida nimalarni bilasiz?

(2-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
19.7K views08:48
Ochish/sharhlash
2021-12-08 10:19:22
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

(1-dars)

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
21.2K views07:19
Ochish/sharhlash
2021-12-08 09:18:22
Volontyor yoshlar kerak!

"O'zbekiston yoshlar Forumi-2021" haftaligi doirasidagi loyihalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tajribali volontyor yoshlarni safimizga taklif etamiz!

Hududlarda o'tkaziladigan loyihalarda volontyor bo'lmoqchi bo'lsangiz @VolontyorForumBot orqali ro'yxatdan o'ting.

Respublika miqiyosidagi loyihalarda volontyorlik qilmoqchi bo'lsangiz @ForumVolontyoriBot orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Respublika loyihalari uchun ro'yxatdan o'tishda aynan qaysi hududda va qaysi loyihada volontyorlik qilmoqchisiz? kabi savollarga e'tiborli bo'lib javob berishingiz lozim.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
26.3K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-12-07 22:05:42
8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Aziz hamyurtlar, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan tabriklaymiz.

Ma'lumot o‘rnida milliy ramzlar qatoridan o'rin olgan bosh qomusimiz, bundan 29 yil oldin, 1992-yil, 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

Tinchligimiz abadiy bo'lsin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
5.7K views19:05
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:00:25
Yurtimiz bo‘ylab barcha hududlarda "Street workout" musobaqalari o‘tkaziladi!

Musobaqa 3 bosqichda 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi:

bosqich: tuman(shahar) bosqichi - 2021-yil 11-dekabr;
bosqich: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi - 2021-yil 17-dekabr;
bosqich: Respublika bosqichi (final) - 2021-yil 24-dekabr.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada ishtirok etish uchun 2021-yil 10-dekabr kuniga qadar quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Musobaqaning o‘tkazilish tartibi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.1K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash