Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 122

2021-12-17 12:31:00
“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” dorasida 21-22 dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida “Startap tashabbuslari” dasturining 5-davri yakuniy bosqichida g‘olib loyihalarining taqdimoti va jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
19.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2021-12-17 11:41:16
Elchi va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 20-dekabr kuni soat 16:00 da Zoom platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muxsinxoʻja Abdurahmonov bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Uchrashuv davomida yoshlar Yaponiyada ta’lim olish, mehnat qilish va Yaponiyaga borish boʻyicha savollariga javoblar olishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/H6eHKhNz7KWgPFVcA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
20.9K views08:41
Ochish/sharhlash
2021-12-16 21:41:12
“O‘zbekiston yoshlar forumi - 2021” Navoiylik yoshlarga yangi imkoniyatlar taqdim etdi!

Bugun Navoiylik yoshlarga zamonaviy "Yoshlar media markazi", yosh tadbirkorlar uchun "Coworking" markazi va zamonaviy "Street workout"maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Endilikda yoshlar mazkur dargohlarda jurnalistika sohasining barcha yo'nalishlarida tajriba orttirish, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startap g'oya va loyihalarini amalga oshirish hamda muntazam ravishda jismonan chiniqish imkoniyatiga ega.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
5.9K views18:41
Ochish/sharhlash
2021-12-16 16:00:27
"Agro marafon"ning navbatdagi manzili Surxondaryo!

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi hamkorligida O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan “Agro marafon” Surxondaryo yoshlar uchun foydali bo'ldi.

"O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021" doirasida bugun Yoshlar markazi faollar zali, ko'plab fermerlik, dehqonchilik, chorvachilik umuman olganda agro sohaga qiziquvchi yoshlarni bir joyga jamladi. Marafon doirasida tashrif buyurgan spikerlar yoshlarga motivatsion trening o'tib berishdi.

Maqsad esa Yosh fermerlar va fermerlikka qiziqqan yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning sohaga oid imkoniyatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, yosh fermerlar va dehqonlar faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar hamda muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar izlab topishdan iborat.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
15.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:32:35
O‘zbekistonda kelgusi 2022-yil davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi binosida Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda Birlashgan millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Yu Yu janoblari bilan ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Agentlik vakillari tomonidan O‘zbekistonda yoshlar sohasida bajarilgan va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlarga oid ijtimoiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, yoshlar sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijimoiy loyihalar boshqaruvi yo‘nalishida ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminar va trening tashkil etish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik takliflari ilgari surildi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
14.6K views12:32
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:58:21
"She'r hamma tushunadigan narsa bo'lishi kerak emas"...

"O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021" Farg'ona viloyatida ko'tarinki ruhda o'tmoqda. Uchko'prik tumani Katta Qashqar mahallasida taniqli ijodkor Shuhrat Orif va Javlon Jovliyev bilan 50 dan ortiq yoshlar ishtirokida "Ijodiy uchrashuv" o'tkazildi.

Uchrashuv davomida qizg'in mushoiralar, qiziqarli savollarga javoblar berildi.

Forum davom etadi, bizdan uzoqlashmang!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
15.3K views11:58
Ochish/sharhlash
2021-12-15 20:02:37
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan, “O‘zbekiston yoshlar forumi - 2021” doirasida 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shuhrat Orif hamda iste'dodli yosh yozuvchi Javlon Jovliyev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Adabiyot ixlosmandlari va kitobsevarlarni mazkur ijodiy uchrashuvga taklif etamiz!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
10.2K views17:02
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:32:25
Oliy maʼlumotlimisiz, davlat xizmatiga ishga kirmoqchimisiz, ammo tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotingiz yo‘qmi? U holda ushbu tavsiya siz uchun!

Endilikda obyektivka ko‘tarib, tashkilotma-tashkilot yurishning hojati yo‘q. Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotlar joylashtirib borilmoqda. Eng muhimi, o‘zingizga maʼqul vakant lavozim uchun onlayn tartibda ro‘yxatdan o‘tasiz!

Sizga yana-da qulaylik yaratish maqsadida portaldan ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi bo‘yicha videorolik tayyorlandi.

Imkoniyatdan unumli foydalaning!

vacancy.argos.uz – xalqchil davlat xizmati uchun!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
41.4K views14:32
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:04:07
Yoshlar ishlari agentligiga qator vakolatlar beriladi

Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida senatorlar “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ham muhokama qildilar.

Vazifa va vakolatlarning mustahkam huquqiy asoslarini yaratish maqsadida yangi Qonun bilan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi hamda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Batafsil

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
34.4K views12:04
Ochish/sharhlash
2021-12-15 14:04:47 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilmoqda.

Bugun (15.12.2021-y.) soat 16:30 da tanlovning test bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Jarayonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida test bosqichi Agentlikning YouTube sahifasi orqali keng jamoatchilik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Mazkur havola orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
17.4K views11:04
Ochish/sharhlash