Get Mystery Box with random crypto!

“Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasi boshlandi | Yoshlar ishlari agentligi

“Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasi boshlandi!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan “Bizning Konstitutsiyamiz” targʻibot aksiyasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasi o‘tkazilmoqda.

Viktorinada quyidagi havola orqali qatnashishingiz mumkin:

t.me/QuizBot?start=5yeptUb5

Viktorina 13:00ga qadar davom etadi!

Ishtirokchilar Konstitutsiyaga oid jami 30 ta test savoliga to‘g‘ri va tezkorlik bilan (har bir savolga 30 soniya ichida) javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan (!) ishtirokchilar orasidan g‘oliblar bugun Yoshlar ishlari agentligining Youtube-kanalida tasodifiy g‘olibni aniqlash
(www.random.org) yordamida jonli efirda topiladi.

Barcha savollarga to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi