Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 124

2021-12-13 12:00:36
14-dekabrdan "Yosh kitobxon" tanloviga start beriladi!

"Yosh kitobxon" tanlovining tuman(shahar) bosqichilari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o'z hududingiz ustiga bosgan xolda tanishib chiqishingiz mumkin:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi
• Andijon viloyati
• Buxoro viloyati
• Jizzax viloyati
• Qashqadaryo viloyati
• Navoiy viloyati
• Namangan viloyati
• Samarqand viloyati
• Sirdaryo viloyati
• Surxondaryo viloyati
• Toshkent viloyati
• Farg‘ona viloyati
• Xorazm viloyati
• Toshkent shahar

Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovining tuman(shahar) bosqichi:

14-dekabr - 10-14 yosh toifasi uchun;
15-dekabr - 15-19 yosh toifasi uchun;
16-dekabr - 20-30 yosh toifasi uchun bo‘lib o‘tadi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
32.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:20:45 Hududlarda yoshlar bilan muloqot davom etadi!

Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyati yoshlari tayyor turing, Sizning hududingizdagi tuman va mahallarda Yoshlar ishlari agentligi direktori ishtirokida yoshlar bilan muloqot hamda uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Yoshlar bilan muloqot bugun Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
19.7K views06:20
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:02:15 Yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlardan kelgan takliflar va “Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
11.2K views16:02
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:15:19 Bugun, 12-dekabr soat 21:00 da yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlardan kelgan takliflar va “Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Ovozli suhbatimizda bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar ham ishtirok etadilar. Suhbat davomida forumga taklif yuborgan yoshlarga ham soʻz beriladi.

Savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
13.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:48:17
“Agromarafon”ning navbatdagi manzili Navoiy va Buxoro viloyatlari!

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi hamkorligida O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan “Agro marafon” Navoiy va Buxorolik yoshlar uchun foydali bo'ldi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan marafon ko'plab fermerlik, dehqonchilik, chorvachilik umuman olganda agro sohaga qiziquvchi yoshlarni bir joyga jamladi.

Maqsad Yosh fermerlar va fermerlikka qiziqqan yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning sohaga oid imkoniyatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, yosh fermerlar va dehqonlar faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar hamda muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar izlab topishdan iborat.

#agromarafon #navoiy #buxoro

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
13.9K views13:48
Ochish/sharhlash
2021-12-11 15:43:53
Qadrli yoshlar! Shoshiling, yoshlarforumi.uz platformasi orqali taklif va tashabbuslar 12-dekabr, soat 00:00 gacha qabul qilinadi! Eng yaxshi taklif egalari 18-25-dekabrda bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston yoshlari forumi»ga taklif etiladi va ularga elektron tarzda taklifnoma yuboriladi. Sizda hali imkon bor!

Bizni kuzatib boring: @yoshlarforumi
10.0K views12:43
Ochish/sharhlash
2021-12-11 09:56:50
Arizalar qabuli yakunlanishiga 3 kun qoldi, shoshiling

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
20.5K viewsedited  06:56
Ochish/sharhlash
2021-12-11 06:00:52
Navbat Buxoro viloyatiga!

11-dekabr kuni (bugun), soat 10:00da Buxoro viloyati, Yoshlar Markazi binosida
bo'lib o'tadigan Agro marafonga taklif etamiz.

"Agro marafon" bu agrar sohaning tajribali mutaxassislari, "Agro marafon" bu agro biznes kaliti, "Agro marafon" bu Siz!

Loyiha yosh fermerlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yevropada Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilmoqda.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
21.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-12-10 21:34:55
Yodingizda bo’lsa, 4 nafar farzandning onasi, uch nafarini kontrakt asosida, bir nafarini esa grant asosida o’qitadigan bizning qahramon Shahodat opamiz haqida post yozib qoldirgandim. Mana o’sha grant asosida o’qiydigan do’stimiz Bunyodbek va’da qilingan noutbukni olgani keldilar! Barakalla, Bunyodbek! Kun kelib o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishingizga ishonaman. Albatta, bu yaxshilikni Siz ham kimgadir qaytarishingizga umidvorman! Shahodat opa, o’g’lingizga imkon berganingiz uchun yana bir marta Sizga minnatdorchilik bildiraman!

@alisher_sadullaev
5.5K views18:34
Ochish/sharhlash
2021-12-10 18:30:10 ​​#Bilasizmi

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to‘lanadi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha:

● 3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun 250 ming so‘m;

● 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so‘m;

● oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 ming so‘m;

● oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so‘mdan.

Yolg‘iz fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarga oylik 380 ming so‘m moddiy yordam tayinlanadi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
15.2K views15:30
Ochish/sharhlash