Get Mystery Box with random crypto!

Tashabbuskor yosh xotin qizlar diqqatiga! 'Qizlar ovozi' kl | Yoshlar ishlari agentligi

Tashabbuskor yosh xotin qizlar diqqatiga!

"Qizlar ovozi" klubi hududiy, tuman(shahar) koordinatorligi uchun tanlov e'lon qiladi.

Siz o‘z hududingizda yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga koʻtarish, ularning manfaatini himoya qilish, qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilishga qodirmisiz?

Unda Sizni o‘z safimizga chorlaymiz!

Tanlov:

• tuman(shahar) koordinatorligi uchun 2 bosqichda onlayn shaklda;
• viloyat koordinatorligi 3 bosqichda onlayn va offlayn shaklda boʻlib oʻtadi.

Tanlovga korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida tahsil olayotgan hamda vaqtincha ishsiz boʻlgan yoshi, millati va irqidan qatʼiy nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 10-dekabr sanasiga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi