Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Viktorinaning birinchi kungi bosqichi yakunlandi Bugun bo | Yoshlar ishlari agentligi

​​​​Viktorinaning birinchi kungi bosqichi yakunlandi

Bugun bo‘lib o‘tgan “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn huquqiy viktorinasining 1-turida 2000 dan ortiq ishtirokchi faol qatnashib, ular orasidan 394 nafari barcha savolga to‘g‘ri javob berishdi.

G‘oliblar ushbu ishtirokchilar orasidan bugun soat 17:00da Yoshlar ishlari agentligining Youtube sahifasida (https://www.youtube.com/channel/UCxE5i6o) jonli efirda (www.random.org) sayti yordamida aniqlanadi.

Tasodifiy g‘olibni aniqlashda ishtirok etadigan ishtirokchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali (https://telegra.ph/Konstitutsiya-bilimdoni-onlayn-huquqiy-viktorinasi-1-tur-11-26) tanishing.

Viktorinada faol ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar bir hafta mobaynida o‘zlariga tegishli viktorina natijalarni (natijalarni o‘chirib yubormaslik lozim!) Agentlikning hududiy boshqarmalari xodimlariga shaxsan ko‘rsatib, esdalik sovg‘alarini olib ketishi mumkin bo'ladi.

Viktorina shartlarini buzgan g‘olib ishtirokchi tanlovda g‘olib deb topilmaydi va taqdirlanmaydi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi