Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-05-04 11:33:43
“Proyekt”: Kremldagilar “denatsifikatsiya” atamasi o‘rniga boshqa so‘z izlayapti

Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunga sabab – rossiyaliklarning bu atamani tushunmayotgani. Ijtimoiy so‘rovlarning ko‘rsatishicha, ko‘plab rossiyaliklar nafaqat bu so‘zning ma’nosini tushunmayapti, balki uni talaffuz qilishda ham qiynalyapti.

Natijada “maxsus harbiy operatsiya”dan ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi boshqa so‘zga ehtiyoj tug‘ilgan. Kremlning buyrug‘i bilan telekanallarda “denatsifikatsiya” so‘zini ishlatish kamaytirilgan.

Katta ehtimol bilan 7 kunga bormasligi reja qilingan urushning bugun 70-kuni o‘tib boryapti. Kuni kecha RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 9-maygacha muvaffaqiyat qozonishga shoshilishmayotganini aytdi.

Bosib olingan hududlarda rublni muomalaga kiritish boshlangan. Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida Rossiyaga qo'shilish masalasida referendum o'tkazilishi, Xerson xalq respublikasi tuzilib, keyinchalik u ham RFga qo'shib olinishi haqida xabarlar bor.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.4K viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2022-05-04 11:04:27
Kun fotosi

Troll.uz e’lon qilgan surat qachon va qayerda olingani, ayvonchalar nima maqsadda qurilgani hozircha ma’lum emas.

Xpress.uz – Siz kutgan format
27.0K viewsedited  08:04
Ochish/sharhlash
2022-05-04 08:57:53 O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqing: buning uchun sarflagan pulingizning bir qismini davlat sizga qaytarib beradi

2022-yil 1-sentabrdan boshlab, ichki sayohatga chiqqan O‘zbekiston fuqarolari xarajatlarining bir qismini qaytarib olishi (“keshbek”) mumkin bo‘ladi.

Buning uchun to‘rta shart bor:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” portali yoki uning mobil ilovasidan foydalanish kerak;
o‘zining doimiy yashash hududidan tashqariga chiqish kerak;
sayohatga borganda albatta otelda (yoki boshqa turdagi joylashtirish vositalarida) tunab qolish va madaniy muassasalarga kirish kerak;
transport va yashash xarajatlari, shuningdek madaniy obyektlarga kirganda QR-kodli chek olish kerak.

Keshbek sayyohning bank kartasiga tushirib beriladi. Uning miqdori quyidagicha bo‘ladi:

samolyotda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
poyezdda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
otel yoki boshqa turdagi joylashtirish vositalarida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi: mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar, vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
28.2K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2022-05-02 08:28:23
Xpress.uz barcha mo'min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabriklaydi!

Muborak ayyom oilangizga fayz-baraka olib kelsin. Barcha ezgu niyatlaringiz ro'yobga chiqishiga tilakdoshmiz. Bayramni yaxshi o'tkazing
23.1K views05:28
Ochish/sharhlash
2022-04-30 16:06:50
Rasman: Ramazon hayitining ilk kuni – 2-may

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda prezidentning tegishli qarori e'lon qilindi.

3–4-may kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari deb belgilandi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun 3–4-may kunlari 7-may (shanba) va 14-may (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kunlari bo‘ladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
28.4K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:11:25
May oyining ilk kunlari odatdagidan ancha issiqroq bo‘ladi, lekin tezda salqin tushadi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1-2-may kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududidan may oyining boshi uchun juda issiq bo‘lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34 darajagacha, janubiy viloyatlarda 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan bor-yo'g'i 2-3 darajaga past bo‘ladi.

3-4-mayda esa Volgabo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.1K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:54:00
Nogironligi bor shaxslarning pensiya va nafaqasiga 270 ming so‘m qo‘shib beriladi

1-iyundan boshlab urush qatnashchilari, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming so‘m miqdorida ustama tayinlanadi.

Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
25.6K viewsedited  10:54
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:47:39
1-maydan pensiya va nafaqalar oshiriladi

Bugun prezident 1-maydan pensiya va nafaqalarni 12 foizga oshirish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Bunda, eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi (boshqalardan farqli o'laroq) 14 foizga oshiriladi. Ya'ni minimal pensiya miqdori hozirgi 440 ming so‘mdan 500 ming so‘mga yetkaziladi.

9-may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
27.1K viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash
2022-04-28 17:42:46
Dollarning rasmiy kursi 11 179,80 so‘mga tushdi

Bu – 17-martdan keyingi eng past ko‘rsatkich. 24-mart kuni kurs rekord 11 509,59 so‘mgacha ko‘tarilgandi.

Rasmiy kurs qatorasiga beshinchi kun pastladi. Bugun tijorat banklarida dollarning sotib olish va sotish kurslari 11 145 so‘mdan 11 255 so‘mgacha oraliqda bo‘ldi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
22.3K views14:42
Ochish/sharhlash
2022-04-28 16:16:03
O‘zbekistonda totalizatorga taqiq saqlanib qoldi

2019-yil 4-dekabrdagi farmonga asosan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi ko'zda tutilgandi. 2022-yil 7-apreldagi farmonga binoan, yuqoridagi hujjatning tegishli qismi olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, qimor va tavakkachilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
25.6K viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash