Get Mystery Box with random crypto!

May oyining ilk kunlari odatdagidan ancha issiqroq bo‘ladi, le | XPRESS

May oyining ilk kunlari odatdagidan ancha issiqroq bo‘ladi, lekin tezda salqin tushadi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1-2-may kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududidan may oyining boshi uchun juda issiq bo‘lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34 darajagacha, janubiy viloyatlarda 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan bor-yo'g'i 2-3 darajaga past bo‘ladi.

3-4-mayda esa Volgabo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format