Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqing: buning uchun sarflagan | XPRESS

O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqing: buning uchun sarflagan pulingizning bir qismini davlat sizga qaytarib beradi

2022-yil 1-sentabrdan boshlab, ichki sayohatga chiqqan O‘zbekiston fuqarolari xarajatlarining bir qismini qaytarib olishi (“keshbek”) mumkin bo‘ladi.

Buning uchun to‘rta shart bor:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” portali yoki uning mobil ilovasidan foydalanish kerak;
o‘zining doimiy yashash hududidan tashqariga chiqish kerak;
sayohatga borganda albatta otelda (yoki boshqa turdagi joylashtirish vositalarida) tunab qolish va madaniy muassasalarga kirish kerak;
transport va yashash xarajatlari, shuningdek madaniy obyektlarga kirganda QR-kodli chek olish kerak.

Keshbek sayyohning bank kartasiga tushirib beriladi. Uning miqdori quyidagicha bo‘ladi:

samolyotda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
poyezdda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
otel yoki boshqa turdagi joylashtirish vositalarida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Joylashtirish vositalariga quyidagilar kiradi: mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar, vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti.

Xpress.uz – Siz kutgan format