Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-22 19:03:03
Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar idorasiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

Bugun shu haqda hukumat qarori qabul qilindi. Unga asosan, 2023-yil 1-yanvardan keyin ichki ishlar xodimlari fuqarolarning shaxsini IIBga olib bormasdan, “E-patrul” elektron tizimi orqali joyida aniqlaydi. Bu jarayon PPX xodimining bodikamerasida yozib olinadi.

Fuqaroning shaxsini planshet orqali aniqlashning imkoni bo‘lmasa, u idoraga borishi kerak bo‘ladi. Planshet orqali shaxsiga aniqlik kiritilishiga qarshilik qilsa ham idoraga olib ketishadi.

Xpress.uz
52.6K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-07-22 17:01:53
Rossiyada ikkita qiruvchi samolyot yuklangan An-124 qanday qulab tushgandi?

1997-yilda ikkita qiruvchi samolyot ortilgan An-124 yuk samolyoti Irkutsk aeroportidan parvoz qilayotib halokatga uchraydi va ko‘p qavatli uyga borib uriladi. Oqibatda samolyot bortida bo‘lgan 9 nafar ekipaj a’zosi va 14 nafar harbiy hamda ko‘p qavatli uyda yashovchi 49 kishi halok bo‘ladi.

VIDEONI KO'RING
42.8K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-07-22 14:40:41
Britaniyada o‘zbekistonlik ayol sanksiyaga uchradi. U Londonda 65 mln funtlik saroyning egasi ekani aytilmoqda

BBC muxbiri Ibrat Safo Facebook'dagi sahifasida Londondagi eski tanishlaridan biri bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Britaniyada sanksiyaga uchraganini ma’lum qildi.

Xpress'ning e’tibor qaratishicha, Britaniya sanksiyasiga uchraganlar ro‘yxatida 1987-yil Toshkentda tug‘ilgan N.Z. ham bor. Rasmiy manbada u O‘zbekiston fuqarosi ekani, 2022-yil 2-mart kuni (Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan 6 kun o‘tib) rossiyalik milliarder Mixail Fridman o‘zining uchta kompaniyasini uning nomiga o‘tkazgani yozilgan.

Britaniya hukumati 15-martda tadbirkorning, 13-aprelda esa o‘zbekistonlik ayolning aktivlarini muzlatgan.

Yahudiy millatiga mansub 58 yoshli Fridman suratdagi Athlon House'ni 2016-yilda 65 mln funtga sotib olgan. Tadbirkor mart oyidayoq sanksiyalar uni xonavayron qilgani, ixtiyorida qolgan puli kamligidan hatto farrosh yoki haydovchi yollashga ham ikkilanayotganini aytgandi.

Xpress.uz
37.8K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-07-22 13:00:29
Diplom dublikatining narxi – 300 ming so‘m

Maktab, kollej, litsey, texnikum yo oliygohni tugatganingizda olgan diplom (sertifikat)ingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, yoki yaroqsiz holga kelsa, yoxud ism, familiya, otangizning ismi o‘zgarsa, diplom (sertifikat)ning dublikatini olishingiz mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega. Hukumatning kecha qabul qilingan qaroriga binoan, dublikatni berish bo‘yicha davlat xizmatining narxi 300 ming so‘m deb belgilandi.

Arizani davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz portali orqali berish mumkin. Dublikat 10 kunda tayyor bo‘ladi. Uni olish uchun vakolatli organga borishni istamasangiz, pochta orqali olishingiz mumkin (pochta to‘lovini to‘lash kerak bo‘ladi).

Xpress.uz
32.2K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-07-22 12:38:29
Jamshid Qo‘chqorov: “Darslar sonini keskin qisqartirish kerak”

“Dunyoda buncha [ko‘p] dars o‘tadigan OTM ham, maktab ham yo‘q. Faqat O‘zbekiston darslar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi”, dedi bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

Hukumat vakili sinflardagi o‘quvchilar soni ko‘pligi muammosi yuzasidan parlamentda berilgan savolga javoban shunday taklifni ilgari surdi. Qo‘chqorovning fikricha, maktablarda o‘quvchi o‘rni yetishmasligi va bitta sinfda 40ga yaqin o‘quvchi o‘qiyotgani muammosini darslarni kamaytirish orqali yechish mumkin.

Xpress.uz
31.9K views09:38
Ochish/sharhlash
2022-07-21 18:00:03
Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning parlamentda aytishicha, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishni to‘liq masofaviy shaklga o‘tkazish reja qilinmoqda. Bunda fuqaro portal orqali ariza beradi, yangi guvohnoma unga pochta orqali yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha almashtirish muddati 3 marta uzaytirildi: har uchala safar ham dedlaynga yaqin navbatlar keskin ko‘payib ketdi. 2022-yil mart holatiga, 2,6 mln haydovchi yangi guvohnoma olgan, 3,1 mln kishi guvohnomasini hali almashtirmagan.

Amaldagi qoidaga ko‘ra:
2010-yilgacha berilgan guvohnomalarni 31.03.2023 gacha;
2010-2012-yillarda berilganlarni 30.06.2023 gacha;
2013-2015-yillarda berilganlarni 30.09.2023 gacha;
2015-yildan keyin berilganlarni 31.12.2023 gacha yangisiga almashtirish kerak.

Xpress.uz
31.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:29:20
Tanlovda g‘olib deb topilgan so‘mning belgisi yakuniy variant emas

Belgi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda takomillashtiriladi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisining o‘rinbosari Botir Zohidov bugungi matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘m belgisini joriy etish bir necha yil vaqt talab etishi mumkin.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ham belgi ustidagi ishlar davom etishi, bunga professionallar jalb etilishini aytdi.

Xpress.uz
26.5K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-20 19:15:57 Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat tugatildi

3-iyuldan 2-avgustgacha davom etishi belgilangan favqulodda holat rejimi muddatidan oldin, 21-iyul soat 05:00da tugatiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, bu qarorga kelishda Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatni muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaati va Qoraqalpog‘istonda jamoat tartibi tiklangani inobatga olingan.

Xpress.uz
34.1K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-09 13:01:06
Urushning so'nggi qurboni

telegra.ph/TheLastVictim-05-09

Xpress.uz
32.2K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-05-06 16:02:21
Uyingizga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini o‘rnatsangiz, xarajatlaringizning 30 foizgacha qismini davlat qoplab beradi

Bu haqda bugungi yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, bunday tartib 2020-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan edi (prezident qaroridan ko'chirma – yuqoridagi suratda), biroq unda 30 foizlik xarajatlarning cheklangan miqdorlari belgilangan edi. Ehtimol, ana shu cheklangan miqdorlar ko‘paytirilishi mumkin.

Bugun berilgan topshiriqqa binoan, bog‘cha, maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy obyektlarda muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimlari o‘rnatiladi. Ko‘chalarda quyosh energiyasida yoritish moslamalari o‘rnatiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
52.8K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash