Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-04-28 11:08:21
Musulmonlar idorasi: Hayit kunini aniqlash uchun Shavvol hiloli kuzatilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasida tuzilgan ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.

Ishchi guruh ulamolar va mutaxassislardan iborat. Kuzatish natijalari idoraning Ulamolar kengashiga taqdim etiladi. Hayit sanasi borasida Kengash xulosasi qabul qilinadi. — O‘zMI matbuot xizmati

Xpress.uz – Siz kutgan format
30.2K viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2022-04-27 21:31:48
Odessaga hujumda tinch aholi, xususan uch oylik chaqaloq o‘ldirildi. Buni qoralab chiqqan Maksim Galkin Rossiya TVda geyga chiqarildi

Rossiya Ukraina sharqidan tashqari, janubini ham egallamoqchi. Janubdagi asosiy nishon – Qora dengiz sohilida joylashgan, Ukrainaning uchinchi eng yirik shahri bo‘lmish Odessa.

23-aprel kuni Odessaga dengizdan turib bir nechta raketa zarbalari berildi. RF Mudofaa vazirligi harbiy obyektni nishonga olganini bildirdi. Biroq harbiy obyektdan tashqari, shahardagi ko‘p qavatli uylardan biriga ham snaryadlar kelib tushdi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 3 oylik chaqaloq, uning onasi va buvisi ham bor edi.

Rossiyalik san’atkor Maksim Galkin voqeani qoralab chiqdi. Bunga munosabat bildirgan Margarita Simonyan (qator rus axborot agentliklarining bosh muharriri) “Rossiya 1” efirida Maksim Galkinni gey deb atab, boylik orttirish maqsadida o‘zidan katta ayolga uylanganlikda aybladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
16.0K views18:31
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:33:50
Abdulaziz Komilov Tashqi ishlar vazirligidan ketdi

75 yoshli diplomat vazir lavozimidan ozod etilib, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Vladimir Norov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va uning zimmasiga vazir vazifasini ham vaqtincha bajarish yuklatildi.

66 yoshli Vladimir Norov 2003-2005-yillarda tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari, 2006-2010-yillarda vazir, 2010-2013-yillarda yana vazirning birinchi o'rinbosari bo'lgan.

TIVni tanaffuslar bilan salkam 20 yil boshqargan Abdulaziz Komilov mart oyida xorijda davolanayotgani xabar qilindi, shundan buyon uning qayerda ekani va salomatligining holati haqida ma’lumot berilmadi. U davolanishga ketishidan bir necha kun oldin Senatda chiqish qilib, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Xpress.uz
21.6K views16:33
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:15:36
Komil Allamjonov O‘zbekistonga tashqi bosimlar bo‘layotgani haqida gapirdi

“Mustaqil va erkin jurnalistikani rivojlantirishimiz kerak. Ayniqsa, bugungi tashqi siyosatdagi O‘zbekistonga bo‘layotgan bosimlarni inobatga olgan holda, xorij propagandasining agressiya va zo‘ravonlik qurboni bo‘lmaslik uchun ham bu juda zarur”, – dedi Mass-media fondi raisi Jenevada xalqaro diplomatlar bilan kechgan uchrashuvda.

Allamjonov va Saida Mirziyoyeva Jenevada BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda xorijning turli agressiv targ‘ibotlaridan himoyalanish bo‘yicha hamkorlikka kelishib olingan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
21.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-04-27 13:20:00 Dnestrbo‘yida notinchlik

22-aprel kuni RF Mudofaa vazirligi Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning 2-bosqichidan ko‘zlangan maqsadni e’lon qildi: Donbass va Ukraina janubida to‘liq nazorat o‘rnatib, Dnestrbo‘yiga chiqish – bu yerda, Moskvadagilarning fikricha, “rus tilida so‘zlashuvchi aholiga zulm o‘tkazish holatlari kuzatilmoqda”.

Bu bayonotdan uch kun o‘tib, Dnestrbo‘yida seriyali portlashlar boshlandi: Tiraspol shahrida (tan olinmagan respublika poytaxti) Davlat xavfsizlik vazirligi binosiga, Parkan qishlog‘idagi harbiy qismga hujum bo‘lgani, Mayak posyolkasida rus radiokanallarini uzatuvchi radiominoralar qulatilgani aytilmoqda.

Respublikada teraktlar xavfining “qizil” darajasi e’lon qilindi; Ukraina rasmiylari Rossiyaning Dnestrbo‘yidagi harbiylari to‘liq jangovar shay holatga keltirilganini ma’lum qildi. Moldova prezidenti Maia Sandu Dnestrbo‘yidagi “turli guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘layotgani”ni aytdi.

BMTga a’zo birorta ham davlat Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi (rasman shunday ataladi)ni tan olmagan, dunyo u yerni Moldovaga tegishli hudud deb biladi. Mojaro 1980-yillar oxirlarida boshlangan; ayirmachilar 1990-yilda Moldova SSRdan, 1991-yilda esa SSSRdan mustaqilligini e’lon qilgan. 1992-yilgi urushda mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, o‘t ochish Rossiya vositachiligida to‘xtatilib, hududga rus tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan – nizo shundan beri “muzlatib qo‘yilgan” edi.

Dnestrbo‘yi 500 mingga yaqin aholiga ega, sovetlar va undan keyingi 30 yillik rus propagandasi bois aholi orasida Rossiyaga xayrixohlik kuchli. Demografik jihatdan ruslar (29%), moldovanlar (29%) va ukrainlar (23%) ko‘pchilikni tashkil etadi. U yerdagi Rossiya tinchlikparvar kuchlarining aksariyati (ofitserlardan tashqari) – RF pasportini olgan shu yerliklardir.

Ajralib chiqqan Dnestrbo‘yi – Moldova hududining 12 foizini tashkil etadi. Moldova ayni shu hududiy nizosi tufayli, Ukraina va Gruziya kabi, NATOga kira olmaydi; biroq mamlakat NATO bilan harbiy hamkorlik qilsa-da, unga kirishga intilmaydi, konstitutsiyasida neytral davlat ekanini belgilab qo‘ygan. Rasmiy Kishinyev o‘tgan oyda Kiyev va Tbilisi qatorida Yevropa Ittifoqiga kirish uchun ariza berdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
26.1K views10:20
Ochish/sharhlash
2022-04-27 13:01:35
Dildan suhbatlashishni yoqtirasizmi?
Suhbatdoshingizning so‘zini bo‘lishni istamaysizmi?

#Ucell dan yangi – «Sof» tariflari bilan siz suhbatlar uchun #CheksizDaqiqalarga ega bo‘lasiz!

«Sof 40», 50, 70, 100 yoki 150 tarifiga o‘ting yoki ulaning va ortiqcha chiqimlarsiz erkin muloqot qiling!

O‘tish: *120#
Batafsil www.ucell.uz/b

#UcellTariflar #ShunchakiHamishaArzonroq #UcellSof

Reklama
10.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-04-26 19:01:13
Budjet tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantiriladi

Barcha davlat tashkilotlari xodimlariga yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizi qoplab beriladi.

Prezident selektorida bu amaliyot 2022-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishi aytildi. Aniq sana ma’lum qilinganicha yo‘q. Xodimlarning sayohat xarajatlari qanday hisoblanishi ham hozircha noma’lum. Xarajatlarning 20 foizi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
21.1K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-04-26 14:54:15
Qashqadaryoda topilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi o‘ldirilgani aytilmoqda

Kecha Ekologiya qo‘mitasi Dehqonobod tumanining tog‘li hududida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqlar topilganini xabar qilgan edi. Xabarga ilova qilingan ona ayiq va uning ikkita bolasi suratlarini qo‘mitaga “Terakli” MFYda yashovchilar jo‘natgan. Bugun Kun.uz ana o‘sha ayiq bolalaridan kamida bittasi o‘ldirilgani haqida xabar berdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
25.7K views11:54
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:40:10
Andijonda “Andijon polkasi oyligi” boshlandi

“Andijon polkasi” kuyi yaratilganining 100 yilligi munosabati bilan, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov “o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlar”ni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi. Buning ortidan viloyatdagi budjet tashkilotlarida ommaviy raqslar boshlanib ketdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
28.6K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-04-26 13:22:57
Avtomobilga yozuvli “nakleyka” yopishtirish taqiqlandi

1-maydan kuchga kiradigan yangi yo‘l harakati qoidalarining 176-bandiga binoan, transport vositasining kuzovi va oynalariga turli xil yozuvlar tushirish taqiqlanadi. Reklama xarakteridagi yozuvlarni belgilangan tartibda tushirish va qoidalarda nazarda tutilgan taniqlik belgilarini o'rnatish bundan mustasno.

Kecha respublika “GAI” ana shu banddagi boshqa bir qoida bo‘yicha e’lon chiqarib, qovun tushirdi. Ular haydovchilik staji 2 yildan oshmagan haydovchilar mashinalariga sariq fondagi undov belgisini o‘rnatishi shart deb e’lon qilishdi, vaholanki yangi qoidalarda bu “haydovchining xohishiga ko‘ra” deb yozib qo‘yilgan. Bugun YHXX bu xatosini tuzatdi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
28.4K viewsedited  10:22
Ochish/sharhlash