Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-02-28 13:30:12
Ertadan boshlab pasporti yoki ID-kartasi yonida bo‘lgan haydovchilar YHX xodimiga boshqa hujjatlarni ko‘rsatishi shart bo‘lmaydi

1-martdan boshlab, haydovchi biometrik pasport yoki ID-kartasi yonida bo‘lsa, quyidagi hujjatlarni o‘zi bilan olib yurishi shart emas:

haydovchilik guvohnomasi
texpasport
ishonchnoma
sug‘urta polisi
texnik ko‘rik taloni

Aslida haydovchilik guvohnomasi ham shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi, biroq mashina boshqarayotganda yoningizda faqat haydovchilik guvohnomasini olib yurishingiz mumkin emas.

ID-karta olish narxi qancha, u necha kunda tayyor bo'ladi? Xpress avvalroq shu haqda infovideo tayyorlagan edi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
41.7K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-02-28 11:04:42 Putin yengilmoqda

Mag‘lubiyatga uchrayotgan Putin kecha eng so‘nggi, eng xavfli qurollarini hali ishlatmaganini eslatishga majbur bo‘ldi: Ukraina va G‘arbga yadroviy qurollar va gipertovushli raketalari bilan dag‘dag‘a qildi. Voqealarning hozirgi rivoji Ukrainaning g‘alabasiga ishora qilmoqda, biroq qaysidir pallada Putin yadro qurollarini qo‘llashni buyursa va rus generallari bu buyruqqa qarshi chiqolmasa, barchasi bir soniyada o‘zgarib ketishi mumkin.

To‘rt sutka davomida Rossiya xalqi minglab qurbonlar berdi: Ukraina rus armiyasining 4 mingdan ortiq askari halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Kecha Rossiya tomoni yo‘qotishlari borligini birinchi marta tan oldi, lekin aniq raqamlarni keltirgani yo‘q.

Shu paytgacha Ukrainaning birorta ham yirik shahri egallangani yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, ukrain armiyasining kutilganidan ancha jiddiy qarshiligi, bosqinchilar safida qurbonlarning haddan ziyod ko‘pligi, rus askarlaridagi ruhiyat, harbiy texnikaning eskirgani va ta’minotdagi muammolar hujumning susayishiga sabab bo‘lmoqda.

Ukrain xalqi, armiyasi va prezidenti qahramonlik ko‘rsatmoqda. Zelenskiy qamal qilingan Kiyev mudofaasida turib, G‘arbga qo‘ygan qat’iy talablari, keskin murojaatlari samara berdi: Ukrainaga qo‘shimcha moliyaviy va harbiy ko‘mak ajratilmoqda. Umuman, bu yordam yetib kelmasidanoq Ukraina o‘z oldidagi minimum vazifani uddalab bo‘ldi: bu vazifa G‘arbning Rossiyaga nisbatan bosimi keskin kuchaymagunga qadar yengilmaslikdan iborat edi. Endilikda esa Rossiya har tomondan misli ko‘rilmagan darajadagi “sanksiyalar bombasi” ostida qoldi.

Bugun butun dunyo jamoatchiligi urushni qoralayapti. Yuzlab shaharlarda Ukrainani qo‘llash aksiyalari ketmoqda. Bir necha daqiqadan so‘ng Belarusda tomonlar ilk marta muzokaralar stoliga o‘tiradi, biroq bu muzokaralarga ko‘p ham umid bog‘lanayotgani yo‘q. Sanksiyalar tufayli milliardlab dollar pulini yo‘qotayotgan Rossiya elitasi bu qirg‘inbarotni to‘xtatishga Putinni ko‘ndirishi – urushni to‘xtatishning asosiy yo‘li deb ko‘rilmoqda.

Suratda: Kiyev mudofaasi uchun qolayotgan ko‘ngilli Kramatorskdagi vokzalda mamlakat g‘arbiga evakuatsiya qilinayotgan sevgilisi bilan vidolashmoqda

Xpress.uz – Siz kutgan format
41.4K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-02-26 19:16:23
Gitlerning million dollarlik mashinasi O‘zbekistonga qanday kelib qolgan?

Fashizmning otasi Adolf Gitler o‘z davrida juda hashamatli avtomobillar mingan. Ana shulardan biri – Mercedes-Benz 770K avtomobilidan bir muddat O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupov ham foydalangan. Xpress Gitlerning mashinasi O‘zbekistonga kelib qolishi tarixini hikoya qiladi.
25.8K views16:16
Ochish/sharhlash
2022-02-26 18:33:12
O‘zbekistondagi eng qimmat o‘simlik biznesi — BMB Za’faron

5 ming dollar bilan boshlangan biznes milliardlab investitsiya kiritilgan katta kompaniyaga aylandi. Va bu IT sohasida emas, qishloq xo‘jaligida ro‘y berdi. Sarmoya xorijniki, mahsulot ham xorijga sotiladi. Ziravorning bir kilosiga avtomobil xarid qilish mumkin. Za’faron yetishtirish va eksport qilish – Business Class'ning yangi, eksklyuziv sonida tomosha qiling.
28.5K views15:33
Ochish/sharhlash
2022-02-26 15:28:32 Rossiya SWIFTdan bir necha kun ichida uzilishi aytilmoqda

Rossiyani SWIFT'dan uzib qo’yish bo’yicha qaror bir necha kun ichida qabul qilinadi, deya xabar berdi Reuters Yevropa Ittifoqidagi markaziy banklardan birining rahbariga tayangan holda. Litva bosh vaziri Yevroittifoqda bu taklifga qarshi davlat qolmaganini aytdi.

SWIFT – bank-moliya tashkilotlari o’rtasidagi transchegaraviy pul oqimlari amalga oshadigan tizim. Dunyo bo’ylab 11 mingta, Rossiyaning o’zida qariyb 300ta subyekt bu tizimdan foydalanadi. Rossiyaning tashqi dunyo bilan oldi-berdi tranzaksiyalarining 80 foizi shu tizim orqali o’tadi.

SWIFTdagi tranzaksiyalar – arzon, tez va universal. Bunday sanksiya 2012–2016-yillar davomida Eronga nisbatan qo’llangan; o’shanda Eron iqtisodiyoti misli ko’rilmagan darajada katta zarar ko’rgan, mamlakat ham qimmat, ham sekin ishlasa-da, o’z tizimini ishlab chiqishga majbur bo’lgan.

Tashkilot ofisi Belgiyada joylashgan. Biror mamlakatni tizimdan uzib qo’yish uchun Yevroparlament qarori kerak, shuningdek bu qaror Belgiya tomonidan tasdiqlanishi ham zarur. Biroq Yevropa neft va gaz narxi oshishi, Rossiyaga mahsulot eksport qilish qiyinlashib ketishi sabab bunga qo’l urishga shoshilmayapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.2K viewsedited  12:28
Ochish/sharhlash
2022-02-26 15:08:53
Spark 10 500$, Lacetti 9 500$

@Tezelon_Avto kanali an'anani davom ettirgan holda, Sergeli avtobozoridagi narxlarni sizga taqdim etadi.

Marhamat, havola orqali @Tezelon_Avto kanaliga o‘tib, bugun 26-fevral kuni Sergeli avtobozoridagi narxlar bilan tanishing.

Reklama
31.4K viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2022-02-26 14:14:14 Putinning Shavkat Mirziyoyev va Si Jinping bilan muloqotlari: Urush ishtirokchisi bo'lib turgan tomon ikkinchi tomonnikidan farqli bayonotlar berdi

Kecha, Ukrainadagi urush fonida Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefonlashgan edi. Kreml matbuot xizmati xabarida O’zbekiston yetakchisi go’yoki Rossiyaning harakatlarini “tushunishini aytgani” yozilgan, biroq Toshkentning bayonotida bunaqa gap yo’q edi.

Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov bu borada izoh berdi. Uning aytishicha, Putin bilan muloqotda Shavkat Mirziyoyev tomonlar masalani hal qilishning o’zaro maqbul yo’llarini tez orada topishlari va vaziyat keskinlashishining oldi olinishiga umid bildirgan. “Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. [...] Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim”, dedi Sherzod Asadov.

Kecha Rossiya va Xitoy rahbarlarining muloqoti bo’yicha ham farqli bayonotlar yangradi. Kremlga ishonilsa, Si Jinping Rossiyaning harakatlariga hurmat bilan qarashini aytgan; Pekinga ishonilsa, XXR raisi rossiyalik hamkasbini sovuq urush mentalitetidan voz kechib, BMT Nizomi va xalqaro huquq normalarini hurmat qilishga chaqirgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.2K viewsedited  11:14
Ochish/sharhlash
2022-02-26 14:01:47
Zelenskiy yana Rossiya xalqiga murojaat qildi

“Minglab qurbonlar, nega Ukrainaga yuborilganini tushuna olmayotgan yuzlab asirlar. Ularni Ukrainaga o’lish uchun, boshqalarni o’ldirish uchun jo’natishgan. Siz o’z davlatingizga urushni darhol to’xtatish kerakligini qancha ertaroq aytsangiz, shuncha ko’proq vatandoshlaringiz omon qoladi”, – deya rus tilida chaqiriq bilan chiqdi Ukraina prezidenti.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko’ra, uch kun ichida Rossiya qariyb 3,5 ming nafar askarini yo’qotgan. Bu raqam qanchalik aniqligini tasdiqlash imkonsiz, Rossiya tomoni o’z yo’qotishlari haqida ma’lumot bermayapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
32.4K views11:01
Ochish/sharhlash
2022-02-26 11:57:17
Rossiyada total senzura: Ukrainaga bosqinni "bosqin" deb atash taqiqlandi

Roskomnadzor Rossiyadagi mustaqil ommaviy axborot vositalaridan o‘nlab materiallarni o‘chirishni talab qilmoqda. Sabab: ro‘yxatga tushgan nashrlar Ukrainada amalga oshirilayotgan “maxsus harbiy operatsiya”ni o‘z materiallarida “bosqin”, “bostirib kirish” va “urush” deb atagan.

Roskomnadzor, shuningdek, Rossiya harbiylari ukrain shaharlarini o‘qqa tutayotgani va tinch aholi vakillarining ham o‘limiga sabab bo‘layotganini rad etib, bu haqda yozilgan materiallarni o‘chirish talabi bilan chiqmoqda. Ogohlantirish olgan OAV ro‘yxatida “Novaya Gazeta”, “Dojd”, “Mediazona”, “Exo Moskvi” kabilar bor.

Video: Kiyev xalqaro aeroporti yaqinida turar joy binosiga snaryad tushishi

Xpress.uz – Siz kutgan format
34.1K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2022-02-26 11:00:02
“Agar biznesingiz internetda bo‘lmasa, ko‘pchilik odamlar uchun sizning biznesingiz yo‘q hisoblanadi”: biznes-konsultant Ibrohim Gulyamov

Perfect Consulting Group kompaniyasi rahbari, biznes-konsultant Ibrohim Gulyamov Kun.uz bilan suhbatda butun respublika bozorlariga kirib borishni istagan tadbirkorlar uchun maslahatlar berdi.

https://kun.uz/uz/19347544

Xpress.uz – Siz kutgan format
34.1K views08:00
Ochish/sharhlash