Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-02-26 09:50:35
Kiyevdagi ko‘p qavatli uy raketa zarbasiga uchrashi. Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar yo‘qligi taxmin qilinyapti. Keyingi rasmlarda – yerto‘lalarda jon saqlayotgan kiyevliklar.

Xpress.uz – Siz kutgan format
35.1K views06:50
Ochish/sharhlash
2022-02-26 09:42:31
O‘zbekistonliklar Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi oldiga gullar va nomalar qoldirib ketmoqda

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.9K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-02-26 09:38:59
Kiyev xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘p qavatli uyga raketa kelib urildi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.5K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-02-26 09:35:54
Foto: Kiyev chekkasidagi Obolon rayoni, ukrainlar formasidagi rus zobitining jasadi. Ukraina IIV bu hududda Ukraina qurolli kuchlari formasini kiyib olgan rus bosqinchilari yo‘q qilinganini xabar qilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
32.7K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-02-26 09:11:07
Telegram'da Vladimir Zelenskiy nomidan feyk tarqatildi. Unda go‘yoki Ukraina prezidenti qarshilik qilishni to‘xtatishga qaror qilgani aytiladi. Zelenskiy murojaat bilan chiqib, poytaxtda ekani, vatan himoyasi uchun kurash davom etishini ma’lum qildi.

Kiyev mudofaasiga prezidentning o'zi shaxsan rahbarlik qilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.3K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-02-26 09:03:22
Urushning uchinchi tongi. Ukraina uddalamoqda

Qamalda qolgan Kiyev hamon yetarlicha qarshilik ko‘rsatmoqda. Tuni bilan shaharning qator tumanlarida, hatto shahar markazida ham otishma va portlash ovozlari eshitilib turdi.

G'arb yangi sanksiyalarni e'lon qilmoqda, kecha oqshom nihoyat NATOning qator a'zolari tomonidan Rossiya banklarini SWIFTdan uzish haqida qat'iy talablar yangray boshladi. AQSh Ukrainaga 600 mln dollarlik tezkor moliyaviy yordam ajratdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev shahriga tutash Vishgoroddan 100 ga yaqin zirhli texnikadan iborat rus kolonnasi poytaxtga qarab harakatlana boshlagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
36.8K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2022-02-25 18:40:27
Putin Kiyevga o‘z talablarini qo‘ymoqda

Kiyev Qrimni Rossiya hududi deb tan olishi va NATOga kirish fikridan qaytishi kerak, dedi Rossiya prezidenti RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. Putin, shuningdek, ukrain harbiylariga murojaat qilib, ularni Kiyevdagi hokimiyatni ag‘darishga chaqirdi.

Putinning matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina rasmiylari muzokaralarni Minskda emas, Varshavada o‘tkazish talabini qo‘ygan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
30.4K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-02-25 15:55:26
Rossiya muzokaralarga rozi bo‘ldi

Ukrainaning neytral statusi bo‘yicha Zelenskiyning taklifidan keyin, Putin ukrain delegatsiyasi bilan muzokara uchun vakillar yuborishi mumkin. Muzokaralar uchun Minsk shahri tanlangan.

“Lukashenko Minsk RF va Ukraina muzokalari uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratishga tayyorligini aytib, Putinni ko‘ndirdi”, deb ma’lum qildi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Xpress.uz – Siz kutgan format
36.4K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2022-02-25 15:45:19 Kiyev istilosi boshlandi

“Shahar mudofaa bosqichiga o‘tdi. Dushman Kiyevga yetib keldi va bizni yo‘q qilmoqchi”, dedi poytaxt meri Vitaliy Klichko. Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev G‘arb tomondan to‘sib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinni muzokaraga chaqirgan edi: “Keling, odamlar o‘limini to‘xtatish uchun bir stol atrofiga o‘tirib, muzokara olib boraylik”, dedi u. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya ukrain harbiylari qurolini tashlasagina muzokaraga kirishishi mumkinligini aytdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada kamida 25 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni yuzdan oshgan. Har ikki tomondan halok bo‘lgan harbiylar soni bundan ancha ko‘p.

Kecha G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi, biroq bu kutilganidan ancha yengilroq jazolar bo‘lib chiqdi. G‘arb eng asosiy chora – Rossiya banklarini SWIFTdan uzib qo‘yish va AQSH dollaridagi operatsiyalarni taqiqlash bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an NATOni sustkashlikda aybladi, “G‘arb Ukrainaga faqat maslahat berish bilan yordam beryapti”, dedi u. Voqealar rivoji yaqin soatlarda Kiyevda hokimiyat ag‘darilishiga ishora qilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
34.8K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2022-02-24 20:16:01
Rossiya Ukrainaning muhim obyektlarini qo‘lga olmoqda

Rossiya qo‘shinlari Kiyev ostonasidagi Gostomel aerodromi ustidan nazorat o‘rnatgan. Zelenskiy Gostomeldagi rus desanti qurshab olingani, ularni yo‘q qilishga buyruq berilganini ma’lum qildi. Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, agressor Chernobil AESni egallab, stansiya xodimlarini garovga olgan.

Aerodromlarning qo‘ldan boy berilishi Rossiyadan Ukraina hududlariga havo orqali qo‘shimcha kuchlarni keltirishni osonlashtiradi. Energiya obyektlari ustidan nazorat esa bosqinchilarga mamlakatdagi energiya ta’minotiga ta’sir qilish imkonini beradi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.5K viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash