Get Mystery Box with random crypto!

“Proyekt”: Kremldagilar “denatsifikatsiya” atamasi o‘rniga bos | XPRESS

“Proyekt”: Kremldagilar “denatsifikatsiya” atamasi o‘rniga boshqa so‘z izlayapti

Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunga sabab – rossiyaliklarning bu atamani tushunmayotgani. Ijtimoiy so‘rovlarning ko‘rsatishicha, ko‘plab rossiyaliklar nafaqat bu so‘zning ma’nosini tushunmayapti, balki uni talaffuz qilishda ham qiynalyapti.

Natijada “maxsus harbiy operatsiya”dan ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi boshqa so‘zga ehtiyoj tug‘ilgan. Kremlning buyrug‘i bilan telekanallarda “denatsifikatsiya” so‘zini ishlatish kamaytirilgan.

Katta ehtimol bilan 7 kunga bormasligi reja qilingan urushning bugun 70-kuni o‘tib boryapti. Kuni kecha RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 9-maygacha muvaffaqiyat qozonishga shoshilishmayotganini aytdi.

Bosib olingan hududlarda rublni muomalaga kiritish boshlangan. Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida Rossiyaga qo'shilish masalasida referendum o'tkazilishi, Xerson xalq respublikasi tuzilib, keyinchalik u ham RFga qo'shib olinishi haqida xabarlar bor.

Xpress.uz – Siz kutgan format