Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-04-22 16:07:43
Nikohni qayd etish uchun ariza topshirilgandan keyin beriladigan 1 oy muddat bekor qilinishi mumkin

Bu haqda Adliya vazirligi taklif bilan chiqqan. Vazirlikning hisoblashicha, nikohdan o‘tuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelishgach, ortiqcha kutmay nikohni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘lishi kerak.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.7K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-04-22 12:38:49
Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

Xpress.uz – Siz kutgan format
27.4K views09:38
Ochish/sharhlash
2022-04-21 14:30:03
Mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berildi

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga binoan, mikromoliya tashkilotlari islom moliyasi tamoyillari asosida qarzlar berishi mumkin bo‘ldi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.8K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2022-04-21 13:55:19
Rossiya “hududlarini qaytarib olayotgani” aytildi. Avvalroq Putin Ukrainani bosib olmaslikka va’da bergandi

“Bizdan ko‘p narsani olib qo‘yishgandi. Mamlakat hozir hammasini – aktivlarini ham, hududlarini ham qaytarib olyapti”, dedi Duma spikeri Vyacheslav Volodin parlament quyi palatasining bugungi yig‘ilishida.

Xpress.uz – Siz kutgan format
24.4K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:36:52
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi bugungi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Eslatib o'tamiz, regulyator 17-mart kuni asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, 17 foiz etib belgilagandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
25.5K viewsedited  09:36
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:02:28
Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan 1000 ПРОЕКТОВ tayyor uy loyihalariga -15 foiz CHEGIRMА

1000ПРОЕКТОВ asoschisi Sherzod Mustafoyevdan arxitektura xizmatlari uchun maxsus taklif: pulingiz va vaqtingizni tejab, xush kayfiyat bilan qurilish boshlang!

Loyihalarni ko‘rish

Murojaat uchun telefonlar:
+998712003535 Toshkent
+998974300440 Toshkent
+998994104010 Fargʼona
+998901113344 Buxoro

Сайт| Telegram| Facebook |Instagram

Reklama
26.5K views09:02
Ochish/sharhlash
2022-04-20 18:00:07
Dunyo xaritalari: Geografiyadan pasportlargacha

Dunyodagi eng katta davlatlar – Rossiya va Kanada aslida xaritada ko‘ringanichalik katta emas. Okeanlarning yuzasini chiqindi qoplab olgan qismlarini ham kiritsa, dunyo xaritasi keskin o‘zgarib ketgan bo‘lardi. AQSHdagilarni qayerida yashayotganiga qarab qancha daromad topishini taxminan bilsa bo‘ladi. Xpress'ning navbatdagi ko‘rsatuvi – xaritalar va atlaslar haqida.

Dunyoning siz bilmagan xaritasi
30.9K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-04-20 16:13:46
Samarqand va Jizzax viloyatlarida sel kuzatilmoqda. Qurbonlar bor

Bu ikki viloyatning qator hududlarida kuchli yog‘ingarchilik sellarni keltirib chiqardi. Gidrometeorolog Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, G‘allaorol tumanida 2 soat ichida yillik yog‘inning salkam 10 foizi yog‘ib qo‘ygan.

FVV xabariga ko‘ra, Forish tumanida 4 kishi halok bo‘lgan. Uylar va boshqa binolar, mashinalar, yo‘llar va ekinzorlarga zarar yetmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
34.8K viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash
2022-04-20 14:59:58
Yangi ilova - Xurshid To‘rayev va TAPP UZ jamoasidan SuperApp

Ilova siz har kuni foydalanishga odatlangan BARCHA xizmatlarni o‘z ichiga oladi:
- ko‘plab mahsulotlarga ega savdo maydoni;
- pul o'tkazmalari;
- kommunal to'lovlar va boshqa ko‘plab xizmatlar;
- O‘zbekiston bo‘ylab mehmonxonalarni bron qilish;
- temiryo‘l va aviachiptalarni sotib olish;
- joriy valyuta kurslari

Va bu faqat boshlanishi. Tez orada TAPP UZ sizning kundalik, yangi va farovon hayotingiz – Life Styleingizning bir qismiga aylanadi!

YUKLAB OLISH | INSTAGRAM

Reklama
30.5K viewsedited  11:59
Ochish/sharhlash
2022-04-20 12:31:55
“Rossiyaning Xitoyga nisbatan pozitsiyasi nihoyatda zaiflashib ketdi” — Behzod Hoshimov

G‘arb sanksiyalari Rossiyani Xitoy bilan savdoda yuqori chegirmalar berishga majbur qildi, o‘z navbatida Xitoy ham paytdan foydalanib ayrim tovarlarni Rossiyaga juda qimmat narxda sotmoqda, deydi iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Xpress.uz – Siz kutgan format
31.6K views09:31
Ochish/sharhlash