Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-03-02 11:54:27 “Lazeyka” bekor qilinadi: Davlat xizmatchilariga biznes egasi bo‘lish taqiqlanadi

Qonunchilik palatasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, ayni paytda davlat fuqarolik xizmatchilari soni 120 mingdan oshadi. Qonunga asosan, davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimga ochiq tanlov asosida qabul qilinadi, ularga quyidagilar taqiqlanishi kutilmoqda:

o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash;

pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki tadbirkorlik faoliyati tashkil etib, uning muassisi bo‘lish;

o‘z mavqeyidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifasini bajarish evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday turdagi mukofot yoki sovg‘a olish;

chet el fuqaroligiga ega bo‘lish;

respublika hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka egalik qilish.

Xpress.uz – Siz kutgan format
35.8K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2022-03-02 09:43:47
Xarkov manzaralari

Ukrainaning ikkinchi eng yirik shahri Xarkov hamon o'qqa tutilmoqda. Bugun Xarkov viloyati politsiya boshqarmasi hujumga uchradi (video). Kecha viloyat ma'muriyati binosiga raketa tushgandi (surat). Aholi gumanitar yordam to‘plamoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
37.1K views06:43
Ochish/sharhlash
2022-03-01 16:11:47
O‘zbekistonda magistratura qizlar uchun tekin deb e’lon qilindi

Yangi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi. Buning uchun 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, prezident selektorida ma’lum qilinishicha, har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi. Har bir viloyatda 150 nafar qizning kontrakt puli mahalliy budjetdan to‘lab beriladi.

Yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi. Doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab berish tizimi yaratiladi. Ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
43.3K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-03-01 13:30:00
Xotin-qizlar qo‘mitasi qayta tiklandi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi 2020-yilda tugatilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib, Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi tuzildi. Bu qo‘mita raisi, ikki yil oldin bo‘lgani kabi, bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi. Bu lavozimni Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova egallaydi. U 2020-yilgacha sobiq Xotin-qizlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib prezident maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov tayinlanmoqda. Avvalroq sobiq mahalla vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
32.4K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-03-01 13:01:23
WIDEN – O‘zbekistondagi e’lonlar ilovasi

WIDEN mobil ilovasini yuklab oling va bepul e’lon bering

Avtomobil
Uy
Bo‘sh ish o‘rinlari
Keraksiz buyumlar
Bolalar uchun buyumlar
Turli xil xizmatlar

Bularning hammasi WIDEN mobil ilovasida

Ilovani yuklab olish https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.widen

Sayt widen.uz

Koll-markaz: +998712000024

Reklama
31.1K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-03-01 12:29:56
Ukraina: Aholi yashash punktlariga zarbalar berilishi keskin ko‘paydi

28-fevral kuni asosiy harbiy harakatlar Ukrainaning ikkinchi eng yirik shahri – Xarkovda kechdi. Bu yerda rus armiyasi aholi yashovchi kvartallarda og‘ir artilleriyadan foydalandi. Shahar ustida hatto Su-34 bombardimonchi samolyoti ham paydo bo‘lgan. Xarkovni o‘qqa tutish bugun ham davom etmoqda. Bu – Rossiya o‘z maqsadi yo‘lida tinch aholi orasida yuzlab odamlar o‘lishiga tayyorligini anglatadi.

Rus qo‘shinlari poytaxt Kiyevni shimol va g‘arbdan qurshab olyapti. Kecha Belarusning Gomel shahrida muzokaralarning 1-raundi bo‘lib o‘tdi. Ukrain tomoni bosqinni to‘xtatish va armiyani darhol olib ketishni talab qilmoqda. Delegatsiyalar ichki muhokamalardan keyin tez orada yana ko‘rishadigan bo‘ldi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar soat sayin ko‘paymoqda. Kecha Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Ariza tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
33.5K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-02-28 19:22:50
Putin yengilmoqda Mag‘lubiyatga uchrayotgan Putin kecha eng so‘nggi, eng xavfli qurollarini hali ishlatmaganini eslatishga majbur bo‘ldi: Ukraina va G‘arbga yadroviy qurollar va gipertovushli raketalari bilan dag‘dag‘a qildi. Voqealarning hozirgi rivoji…
25.9K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-02-28 18:30:09 O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov: “Talabalarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullangan diplomatimiz oxirgi guruh bilan birga Lvovga bordi. Hozir u yerdan elchixonamiz ishini muvofiqlashtiradi. Konsulimiz faqat konsullik masalalari – fuqarolarning hujjati bilan shug‘ullanmoqda. Qamoqdan chiqarib yuborilgan fuqarolarimiz bor. Ular hali nima qilishni bilmay turibdi. Ularning masalalarini yechishimiz kerak.

Shifoxonada odamlarimiz bor. Hozir elchixona yerto‘lasida, operatsiyadan chiqqan bemorimiz bor. Yana bir bemorning kelish ehtimoli bor. Endi odamlarimiz kelsa, mashina gaplashib, ularning evakuatsiyasini tashkil qilamiz. Ularning muammosi ham bor. Nogironlik aravachalari so‘rashgan, ammo buni hozir topishning imkoni yo‘q. Ukol-dori olishlari kerak. Shifokor bolalarimiz yordam berib turibdi. Ammo bu yoqda dorixonalar ham yopilyapti. Bu masalalarni ham hal qilishga urinyapmiz.

Eng yomoni, trevoga berilgach, hamma ishni tashlab yerto‘laga kirishimiz kerak. Shuning uchun kompyuterlarda ham ishlolmayapmiz. Internet juda yomon, bir ishlab, bir ishlamay qolmoqda”.

Bir necha soatdan so’ng, Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan vatandoshlarning birinchi guruhi Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format
29.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-02-28 18:23:06
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mikroavtobusi hujumga uchradi

O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgan. TIV axborotiga ko‘ra, bu paytda mikroavtobus avtorurargohda turgan. Hodisa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tezkor masalalarni hal etish chog‘ida ro‘y bergan. O‘zbekiston fuqarolari va diplomatlariga shikast yetmagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
29.7K views15:23
Ochish/sharhlash
2022-02-28 14:50:32
27.12.2021 — Vladimir Jirinovskiy Davlat dumasi minbaridan turib, Ukraina NATOga kirish niyatidan qaytmasa, nima bo‘lishini aytdi.

“U holda boshqacha dastur qabul qilishimiz mumkin. Qanaqa dastur ekanini 22-fevral tongi soat 4da his qilasiz. 2022-yil tinch yil bo‘ladi deyishni istagan bo‘lardim, lekin men haqiqatni yaxshi ko‘raman, 75 yildan beri haqiqatni gapiryapman. 2022-yil tinch yil bo‘lmaydi! Bu yilda Rossiya yana buyuk davlatga aylanadi va hamma og‘zini yumib, davlatimizni hurmat qilishi kerak bo‘ladi”.

22.02.2022 — Putin DXR va LXRni tan oldi, shu kuni rus qo‘shinlari Ukraina hududiga (Donbassga) kiritildi.

24.02.2022 — Tong soat 5da rus armiyasi Ukrainaga bostirib kirdi.

Ukrainaga uyushtirilayotgan bosqin yo‘nalishlari avvalroq G‘arb OAVda e’lon qilingan hujum sxemalari bilan deyarli bir xil. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida G‘arbning taxminlarini Putin va Rossiya rasmiylari tan olmay, kalaka qilib kelgandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
37.9K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash