Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 137

2021-05-08 14:15:02
Hindiston va Turkiyadan qaytganlar 14 kun karantinda bo‘lish haqida tilxat yozadi

Bu davlatlardan qaytganlar PZR testi topshiradi. Agar PZR test musbat chiqsa, davolanadi. Manfiy bo‘lsa, uy yoki mehmonxonada karantinda bo‘lish uchun jo‘natiladi.

Hindiston va Turkiyaga borish uchun faqat quyidagi toifa fuqarolarga ruxsat beriladi:
xizmat safariga boruvchilar
xorijda o‘qiyotgan talabalar
O‘zbekistonda yashash huquqiga ega chet davlat fuqarolari
diplomatlar va ularning oila a’zolari
xorijda ishlovchilar
investitsiya bo‘yicha olib kelingan mutaxassislar
tranzit va transfer yo‘lovchilar
davolanish uchun borayotganlar.

Xpress.uz – Siz kutgan format
74.2K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2021-05-08 13:02:08
Hafta suratlarda — dunyo nimalarni boshidan o‘tkazdi?

Reuters fotojamlanmasida Meksikada qulab ketgan metro ko‘prigi, Hindistondagi koronavirus dahshatlari, Isroilda yahudiylar bayramida sodir bo'lgan halokat, Afrika davlatlaridagi manzaralar aks etadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
70.8K views10:02
Ochish/sharhlash
2021-05-08 11:20:02
Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan:

Istanbuldan Farg‘ona, Urganch va Samarqandga aviaqatnovlar 5-maydan 1-iyungacha;

Hindiston va Turkiyaga barcha sayohat charter qatnovlari 10-maydan to epidemiologik vaziyat yaxshilanguncha to‘xtatiladi.

Toshkent–Istanbul yo‘nalishidagi aviaqatnovlar 10-maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytiriladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
70.1K viewsedited  08:20
Ochish/sharhlash
2021-05-08 10:50:02
O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyaga temir yo‘l qatnovini tiklash bo‘yicha murojaat yubordi

Koronavirus sabab o‘tgan yili martdan beri xalqaro yo‘lovchi poyezdlari deyarli butun dunyoda to‘xtagan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaat yubordi. Hozir har 2 davlat ham murojaatlarni o‘rganyapti. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ

Xpress.uz – Siz kutgan format
71.9K viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash
2021-05-08 10:01:24
O‘zbekistonda 11ta AKT texnikumi ochiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, TATUning Nurafshon filiali tashkil etildi. TATU qoshida AKT texnikumlari ham ochiladi. Ularning hammasiga qabul shu o‘quv yilidan boshlanadi.

Nurafshondagi OTM va Toshkent viloyati AKT texnikumi Nurafshon shahri “Nurafshon business city” hududida joylashadi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
71.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-05-08 08:02:09
Xpress.uz yosh muxbir-jurnalistlarni ishga taklif qiladi!

Biz yosh, bilimdon va serg‘ayrat jurnalistlarni qidiryapmiz!

Nomzodlardan turli mavzularda qisqa ko‘rsatuvlar, intervyular, videoreportaj va surishtiruvlar qilish so‘raladi. Zarur texnikalar yetarli, iste’dodli tasvirchi va montajchimiz ham bor.

Sinov muddati uchun oyiga 3 mln so‘mgacha haq to‘lanadi. 1-2 oylik sinovdan o‘tganlar rasman ishga olinib, maoshi oshiriladi. Materiallar sifati va soniga qarab, oyliklar 8 milliongacha boradi. Darvoqe, xodimlar 30 yoshgacha bo'lishi va Toshkent shahrida yashashi lozim.

O‘zingizni ko‘rsating va yosh jamoamiz a’zosiga aylaning!

Murojaat uchun:
@ContactXpress
75.6K views05:02
Ochish/sharhlash
2021-05-08 07:03:03
Respublikachilar partiyasining Texas shtatidagi yetakchisi jurnalistlar oldida “otjimaniya” qildi

Allen Uest matbuot anjumaniga kechikib kelgan muxbirga shu mashqni 30 marta bajarishni taklif qildi. Jurnalist bu chorlovni muloyimgina rad etgach, mashqni o‘zi bajardi.

Allen Uest 60 yoshda, u – iste’fodagi armiya leytenanti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
78.2K views04:03
Ochish/sharhlash
2021-05-07 20:48:11
Qo‘yliqda chiroq o‘chib, metro bekati ham qorong‘ilikda qoldi

Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq bozori yaqinidagi 7-bekatiga kelgan yo‘lovchilar qorong‘ilikdan telefonlarining chirog‘ini yoqib ko‘chaga chiqishiga to‘g‘ri keldi: shaharning shu mavzesida chiroq o'chgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bekatda soat 21:10dan 22:00gacha chiroq bo‘lmagan. Ammo bu poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
83.5K viewsedited  17:48
Ochish/sharhlash
2021-05-07 19:13:07
Ertaga kechqurun grin-karta javoblari e’lon qilinadi

2022-yil uchun 2020-yil kuzida o‘ynalgan grin-karta lotereyasi natijalari 2021-yil 8-may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da e’lon qilinadi.

Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC rasmiy saytidan bilish mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini, tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.

Shundan keyin ochilgan sahifa rasmdagi kabi bo‘lsa, do‘ppingizni osmonga otasiz. Agar bosh harflar bilan “… HAS NOT BEEN SELECTED” deb yozilgan bo‘lsa, keyingi safar urinib ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi.

Eslatma: Javoblar e’lon qilinganidan keyin juda ko‘p odam tekshirishi sababli sayt qotishi mumkin. Lotereyada yutuq chiqqani siz AQSHda doimiy yashash uchun viza olishingizni kafolatlamaydi.

#Green_card
Xpress.uz – Siz kutgan format
86.5K viewsedited  16:13
Ochish/sharhlash
2021-05-07 18:46:10
O'zbekiston bergan diplom xorijda o'tadimi?

Abituriyent chetga o'qishga hujjat topshirayotganda aldanib qolmaslik uchun nimalarni tekshirishi kerak?

Hozir O‘zbekistonda ko‘plab xususiy universitetlar ochilyapti. Ularning diplomi ham davlat OTMlariniki bilan bir xil kuchga egami?

Xorijiy OTMlarda masofadan – onlayn oʻqib olingan diplomlar O'zbekistonda tan olinadimi?

Barchasiga batafsil javoblar

#XpressInfo
Xpress.uz – Siz kutgan format
79.4K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash