Get Mystery Box with random crypto!

XPRESS

Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS X
Telegram kanalining logotibi xpressuz — XPRESS
Kanal manzili: @xpressuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Yangiliklar va eksklyuziv kontent
📩👉 @xpressmurojaatbot
Facebook: facebook.com/xpressuzofficial
Instagram: instagram.com/xpressuzofficial
TikTok: tiktok.com/@xpressuzofficial
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-05-06 13:02:22
Toshkentdan Shahrisabzga “Afrosiyob” qatnovi tiklandi

7-maydan boshlab Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakati tiklanadi. Reyslar har shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd Toshkent shimoliy vokzalidan soat 8:00da, Shahrisabzdan esa soat 15:40da yo‘lga chiqadi.

Shu munosabat bilan, shanba va yakshanba kunlari Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” qatnovi to‘xtatiladi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
45.6K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-05-06 12:15:17
2 kun ancha issiq va yana 2 kun yomg‘irli bo‘ladi — O‘zgidromet

7-8-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35° gacha ko‘tariladi.

9-10-may kunlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan nam havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. 10-mayda respublikaning katta qismida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Xpress.uz – Siz kutgan format
42.7K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-05-05 15:15:08 Xalq ta’limida nufuzi bo'yicha Prezident maktablaridan keyingi o'rinda turuvchi yangi bo‘g‘in yuzaga kelmoqda “Bu agentlikni faqat 14 ta maktab uchun tuzganimiz yo‘q. U Prezident maktablaridagi muhitni, metodikani boshqa maktablarga ham olib kirishi kerak”…
44.1K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-05-05 15:13:01 Xalq ta’limida nufuzi bo'yicha Prezident maktablaridan keyingi o'rinda turuvchi yangi bo‘g‘in yuzaga kelmoqda

“Bu agentlikni faqat 14 ta maktab uchun tuzganimiz yo‘q. U Prezident maktablaridagi muhitni, metodikani boshqa maktablarga ham olib kirishi kerak”, degandi prezident yil boshida. O‘sha yig‘ilishda ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Xo'sh, hozirgacha nimalar ma'lum?

Jami 141ta ixtisoslashtirilgan maktab shu yilning o‘zida PTMA tasarrufiga o‘tadi. Bunday maktablarda:

uch bosqichli saralashdan o‘tgan o‘qituvchilar dars beradi;
sinfda o‘quvchilar soni 25 nafardan oshmaydi;
o‘quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi;
ixtisoslik fanlardan tashqari O‘zbekiston tarixi ham chuqurlashtirib o‘rgatiladi;
sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha darslar o‘tiladi.

Kirish imtihoni: Aniq fanlar yo‘nalishida matematika, fizika va ingliz tili; tabiiy fanlarda biologiya, kimyo, matematika va ingliz tilidan test bo‘ladi.

Aniq fanlar yo‘nalishida o‘quvchilar 5-sinfdan, tabiiy fanlar yo‘nalishida 7-sinfdan qabul qilinadi va ta’lim shunga qarab yo 5 yil, yo 7 yil davom etadi.

Bu yil qayta tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarning hamma sinflariga qabul bo'ladi. Keyingi yildan bolalar faqat 5- va 7-sinfga qabul qilinadi. Demak, farzandining o'qishini kuchliroq maktabga ko'chirishni istaganlar ularni testga tayyorlashni boshlayverishsa bo'ladi.

Nima deb o'ylaysiz, ixtisoslashtirilgan maktablar ta'lim sifati bo'yicha xususiy maktablarga raqobatchi bo'la oladimi? Izohlarda yozib qoldiring.

Xpress.uz – Siz kutgan format
45.4K views12:13
Ochish/sharhlash
2022-05-05 08:51:23
Mariupolda – SSSR bayrog‘i

Kreml nazarida “ozod qilingan” Mariupol shahriga Moskvadan katta amaldorlar kela boshladi. Ular kecha shaharda sovet bayrog‘ini ko‘targan ayol yodgorligini tantanali ravishda ochishgan. Bombalardan kuli ko‘kka sovurilgan shaharning asosiy ko‘chalari tozalanyapti – g‘alaba paradi va “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazish uchun.

G‘arbdagilar Rossiya qo‘shinlari o‘z oldiga qo‘yilgan ikkinchi vazifani ham uddalay olmagan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Birinchi va asosiy vazifa – Kiyevni egallash bajarilmagach, 9-mayga qadar Donbassni to‘liq bosib olish missiyasi ketayotgani taxmin qilingandi.

Xpress.uz – Siz kutgan format
34.3K views05:51
Ochish/sharhlash
2022-05-05 07:00:31
“Parad o‘tkazish – xotirlash emas, siyosat” — Islom Karimov 9-may haqida

Ma'lumot uchun, Islom Karimovning 1999-yil 2-martdagi farmoniga binoan, 9-may Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilingan hamda Mustaqillik maydonining bir qismida Xotira xiyoboni tashkil etilgan.

2-jahon urushi vaqtida O'zbekiston aholisi soni 6,5 mln bo'lgan, shundan 1 mln 433 ming nafari (mehnatga layoqatli aholining 60 foizi) jangovar harakatlarga jalb etilgan. Bu esa amalda birorta ham oila urush dahshatidan chetda qolmaganini, fashizm ustidan qozonilgan g'alabada o'zbek xalqining ham hissasi katta bo'lganini anglatadi.

Karimov imzolagan farmonga asosan, 9-may faqat urush qurbonlarini xotirlash kuni emas, umuman O'zbekistonning mustaqilligi yo'lida jon bergan barcha vatandoshlar xotirasini qadrlash kuni hamdir.

Xpress.uz – Siz kutgan format
43.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-05-04 17:41:04
Belarus parlamentining yuqori palatasi o‘lim jazosi qo‘llanadigan jinoyatlar toifasini kengaytirishni ma’qulladi

Ro‘yxatga uchta yangi holat qo‘shildi. Ulardan biriga ko‘ra, Belarusda terroristik hujumni sodir etishga uringanlik uchun ham o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin. Huquq himoyachilari buni aholining namoyishga chiqish kayfiyatini bostirish deb baholamoqda.

Belarus – o‘lim jazosiga ruxsat berilgan Yevropa va MDHdagi yagona davlat. 1990-2020-yillarda mamlakatda 400dan ortiq kishi qatl etilgan (otib tashlash yo'li bilan). Shu qonun sababli Belarus Yevropa kengashiga qabul qilinmaydi, natijada bu davlat fuqarolari inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilolmaydi.

Jahon miqyosida o‘lim jazosi bor davlatlar soni kamayib boryapti, ularning soni 55ta qolgan. Belarusdan tashqari AQSh, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, KXDR va aksariyat musulmon davlatlari shular jumlasidan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
19.8K views14:41
Ochish/sharhlash
2022-05-04 16:00:30
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mayning bilan shug‘ullanishi taqiqlandi

Yangi tartibga ko‘ra, kriptomayning bilan faqat yuridik shaxslar quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda shug‘ullanishi mumkin.

Maynerlar Tashabbusli loyihalar milliy agentligida (regulyator) onlayn ro'yxatdan o'tishi kerak. Ular elektr energiyasini respublikaning yagona energetika tizimidan olgan taqdirda, 2 barobar yuqori tarif asosida haq to'laydi (bungacha 3 barobar edi), tig'iz davrda qo'shimcha ustamalar ham kiritilishi mumkin.

2019-yil dekabrida O'zbekiston fuqarolariga o'z kriptovalyutalarini sotish, 2021-yil noyabrida esa kriptovalyuta sotib olish va ayirboshlash huquqi berilgan. Savdolar faqat kripto-birjada amalga oshiriladi.

Oxirgi 1 oyda bitkoin 18 foizga arzonlashib, o‘rtacha 38,4 ming dollarga tushdi. Kriptovalyutalar kapitalizatsiyasi 730 mlrd dollarni tashkil etmoqda; kuniga 23,8 mlrd dollarlik savdolar amalga oshyapti.

Xpress.uz – Siz kutgan format
21.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-05-04 12:32:41
Twitter biznes va davlat tuzilmalari uchun pulli qilinishi mumkin

Bu haqda platformani sotib olayotgan Ilon Mask ma’lum qildi. “Twitter doim oddiy foydalanuvchilar uchun tekin bo‘lib qoladi, lekin tijoriy va davlatga qarashli foydalanuvchilar uchun ozroq to‘lov kiritilishi ehtimoli bor”, – deya yozdi u.

25-aprel kuni Twitter direktorlar kengashi tarmoqni Maskka 44 mlrd dollarga sotishga rozi bo‘ldi. Bu butun insoniyat tarixidagi eng yirik shaxsiy xaridlardan biri bo‘lmoqda. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonning bir yillik yalpi ichki mahsulotining narxi – 69 mlrd dollar.

Oldi-sotdi bo‘yicha rasmiyatchiliklar yil oxirigacha tugallanishi kutilyapti. Shundan keyin 50 yoshli biznesmen Twitter'ning yakka-yagona xo‘jayiniga aylanadi. U tarmoqni bunchalik katta pulga nega sotib olayotgani hozircha tushunarsiz.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.7K views09:32
Ochish/sharhlash
2022-05-04 11:35:19 Tarixiy fakt. 1920-yilda Buxoro xalq respublikasi tuzilib, 4 yildan keyin rasman SSSR tarkibiga qo‘shilgan (O’zbekiston SSRni tuzgan holda). Undan oldinroq, 1923-yilda qog‘ozda suveren bo‘lgan Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy jihatdan birlashtirilib, O‘rta Osiyo Iqtisodiy kengashi tashkil etilgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format
23.6K views08:35
Ochish/sharhlash