Get Mystery Box with random crypto!

​​Tesladan ikkita yangilik. Oxirgi hisobotida, Tesla korxonas | Uzbekonomics

​​Tesladan ikkita yangilik.

Oxirgi hisobotida, Tesla korxonasi o’z investitsion siyosatiga biroz o’zgartirish kiritib, operatsion faoliyatida ishlatilmaydigan naqd pulni muqobil aktivlarga tikishini bildirdi. Xususan, Tesla korxonasi, qiymati 1.5 milliard AQSh dollarga teng Bitcoin sotib olibdi. Bu taxminan Teslaning barcha naqd pullarining 10%ga teng.

Bundan tashqari, Tesla yaqin kelajakda o’z mashinalariga to’lov sifatida iste’molchilardan kripto valyutalarni ham qabul qilishi mumkinligini aytdi.

Menimcha, Tesla o’z balansiga kripto valyutani (ayniqsa bunday miqdorda) olgan yirik korxonalarning eng birinchisi bo’ldi. Bu albatta boshqa korxonalarning o’z investitsion siyosatlarida kriptovalyutalar o’rnini jiddiy o’ylab ko'rishlariga olib keladi.

Yana bir juda muhim narsani o’ylab qoldim o’zim. Tesla S&P500 indeksiga yaqinda qo’shilganini hisobga oladigan bo’lsak, endilikda har qanday S&P500 indeksiga bog’langan passiv fondlar (track qiladigan) nafaqat Tesla balki endi Bitcoin ga ozgina bo’lsa ham bog’landi.

Faqatgina kripto bozoridan qilingan sof foyda evaziga Tesla avtomobilini sotib olish mumkin bo’lgan payt uzoq emas shekil. Xullas, qiziq davrda yashayabmiz.
P.S. Doge to the moon.

@uzbekonomics