Get Mystery Box with random crypto!

Asosiy sababchi va “qahramon' haqida. Hozir kapital bozorda,  | Uzbekonomics

Asosiy sababchi va “qahramon" haqida.

Hozir kapital bozorda, Wall Streetda, GME aktsiyasi, boshqa mem aktsiyalar, r/WSB bilan nimalar bo’layotgani haqida batafsilroq bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu maqolalarda tanishing: 1, 2, 3, 4. Yoki Bloombergda Matt Levine bor. Yoki John Cochrane bu yerda yozgan.

Lekin, mana shu barchasini kelib chiqishi, yuzaga chiqishida, kapital bozor, investitsiya olamida muvozanatni o’zgartirgan, bir necha o’n (agar yuzlab bo’lmasa) milliard kapitalni qayta taqsimlantirgan, “short” qiladigan (ya’ni aktsiyaning narxi tushishida foyda qiladigan) muvaffaqiyatli xedj-fondlarni deyarli bankrot qilib, ularning milliarder xususiy va institutsional investorlarini sarosimaga tushirtirib, bozordagi o’yin qoidalarini o’z foydalariga birdaniga o’zgartirishiga bosim qilib (kecha brokerlar ma’lum aktsiyalar erkin savdosini birdaniga to’xtatib, faqat sotishga majburladi, bu manipulyatsiya natijasida hali ba’zilar qamoqqa ketsalar kerak), bir biriga umuman teskari siyosatchilarni diqqatini birga tortib, dunyodagi eng boy shaxsning qo’llab-quvvatlashini olgan va umuman barchani diqqatini tortgan voqealar zanjirining eng tepasida bitta odam turadi:

U Warren Buffet yoki shunga o'xshagan nufuzli, kastim-shim kiygan investor emas.

Massachusettsda, uyining podvolida o’tirib, GameStopni bir necha oylab juda puxta analiz qilib kelgan, va $50,000 mablag'ini $48 millionga yetqazgan, Redditdagi DeepFu?kingValue nomli foydalanuvchi bo’ladi. Uning YouTubedagi kanalining nomi esa “Shovqinli mushukcha” (RoaringKitty).

Uning mana bu videosi YouTube tarixidagi eng nufuzli va ta’siri katta videolardan biri bo’lsa kerak. Uning oqibatida shu narsalar odamlar diqqatini sekin asta tortishni boshlab katta harakat bo’lib ketdi.

Ha, aynan DeepFu?kinValue va RoaringKitty taxallusi bilan uyining podvolidan turib “ijod qiladigan”, deyarli hech qanday nufuzi yo’q millenial chakana investor (retail investor) ushbu harakatlarni boshlab Wall Streetni larzaga keltirdi. Taymzda u haqidagi maqolani tavsiya etaman.

Ushbu hodisadan so’ng, ma’lum korxonaning aylanmadagi barcha aktsiyalaridan ko’proq (+100%) akstiyalarni boshqa hech qaysi xedj fond “short” qilmasa kerak, “naked short” qiladigan xedj fondlar ham intizomliroq bo’ladi endi. Masalan, eng nufuzli “short report”larni chop etib keladigan Citron Research bugun hisobotlarini chop etishni to’xtatibdi. Shuning uchun, GME ga o’xshagan holat boshqa qaytarilmasa kerak va GME narxi o’z fundamental narxiga yaqinroq joyga tushadi, bo’ron to’xtagandan so’ng.

@uzbekonomics