Get Mystery Box with random crypto!

To’liq “normal” hayotga qaytishning birlamchi va yagona yo'li. | Uzbekonomics

To’liq “normal” hayotga qaytishning birlamchi va yagona yo'li.

AQShda vaktsinalashtirish jarayoni qolgan har qanday rivojlangan mamlakatdan ko’ra ancha jadalroq bormoqda.Kuniga 3+million inson vaktsina olmoqda, va bu raqam har kuni oshib bormoqda. Bugunga kunga kelib, AQShda istiqomat qiladigan har 3 kishidan biri kamida bir doza olgan bo’lsa, har 4 kishidan biri (18 yoshdan katta) to’liq vaktsina olib bo’ldilar.  

Agar barcha yerda vaktsinalashtirish jarayoni hozirgi sur’atlarda ketsa, aholisining 75 foizini qamrab olish uchun ketadigan taxminan vaqt:

AQSh: 3 oy
Chili: 4 oy
B.Britaniya: 5 oy
Yevropa Ittifoqi: 1 yil
Norvegiya: 2 yil
Indonesiya: 4 yil
Rossiya: 7 yil
Qozog’iston: 8 yil
O’zbekiston: 10+ yil

Xulosa qanday? To’liq “normal” hayotga qaytishning birlamchi va yagona vositasi bu vaktsina. Vaktsinani yetarli darajada xarid qilish va eng muhimi, jamoatchilikga vaktsina haqida ko’p va keng targ’ibot qilinishi shart. Menimcha, bundanda muhimroq boshqa masala kun tartibida turishi mumkin emas.

@uzbekonomics