Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Adam Smitning “Wealth of Nations” kitobi chop etilgan ku | Uzbekonomics

Bugun Adam Smitning “Wealth of Nations” kitobi chop etilgan kuni ekan, 245 yil oldin.
245 yilning ham, oxirgi 30 yilning ham xulosasi oydek ravshan:

Bozor signallarini e'tiborsiz qoldiradigan, hech qanday rag'batlantirmaydigan, ziyonga ishlaydiganlarga subsidiya beradigan, asossiz imtiyozlar beradigan tizim mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishda hech qachon samarali bo’la olmaydi. Hech qachon va hech qayerda. Markaziy rejalashtiruvchilar noto'g'ri tovarlarni ishlab chiqaradilar, noto'g'ri manbalardan foydalanadi, noto'g'ri narxlarni o'rnatadi, noto'g'ri odamlarni vazifaga yollaydi va oxir-oqibat eskirgan yoki sifati past mahsulotlarni ishlab chiqaradi va baribir ular iste’molchilarga yetarli bo’lmaydi.

Gap shundaki, buyruqbozlik iqtisodiyotining negizida tabiat qonuniga qarshilik yotadi, niyatlar qanchalik holis va yaxshi bo'lishiga qaramay. Markaziy rejalashtiruvchilar tomonidan to'planishi, qayta ishlanishi va uninga asosida qaror qabul qilinishi mumkin bo'lgan ma'lumot va bilimlar miqdori bozorlarda foydalaniladigan ma'lumot va bilimlarning cheksiz kichik qismini tashkil qiladi.

Shuning uchun markaziy rejalashtirish natijasida oddiy iqtisodiy jarayonlarga aralashish g’oyasini qo’llab quvvatlash bu aqlni emas balki nodonlikni ustun qo’yish degani.

Bir donishmand ham aytgan ekan: "Aqlsizlikning ta'rifi bu bir narsani qayta-qayta takrorlash va har safar boshqacha natijalarni kutishdir.”

Xullas, quyidagi 7-daqiqalik, Stanforddagi Russ Roberts tomonidan sher qilib sur’atga olingan videoni ko’rishni va ulashishni tavsiya qilaman. Non haqidagi hikoya juda sodda va tushunarli message beradi.





@uzbekonomics