Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekistonda gaz, suv, kanalizatsiya ta’minoti rasmiy raqamla | Uzbekonomics

O’zbekistonda gaz, suv, kanalizatsiya ta’minoti rasmiy raqamlarda:

Kvartira (uy)larning tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 83.5%
2019 yilda: 54.9%

Kvartira (uy)larning ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 82.5%
2019 yilda: 76.6%

Kvartira (uy)larning kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 36.9%
2019 yilda: 36.3%

Toshkent shahrini hisoblamasa ushbu raqamlar 4-5% ga kamroq bo’ladi. Agar raqamlarni to’g’ri talqin qiladigan bo’lsak, 10 yil mobaynida uylarning gaz bilan ta’minoti keskin qisqargan, ya’ni hozirda (2019 yil holatiga) barcha uylarning deyarli yarimida gaz va uchdan birida kanalizatsiya bor. Gaz ta’minoti qisqarganini yangi uylarda tabiiy gaz emas balki elektr plitalar qo'yilayotgani bilan qisman tushuntirish mumkin bo'lsa kerak. Yuqoridagilarning uzluksiz ishlashi esa boshqa masala.

Boshqa izoh yo’q.

Manba.

@uzbekonomics