Get Mystery Box with random crypto!

​​Bir kitob yozishni boshladim. Agar tashlab qo’ymasam (vaqt | Uzbekonomics

​​Bir kitob yozishni boshladim.

Agar tashlab qo’ymasam (vaqt, hafsala deb), bir necha yillarda bitishi mumkin bo’lgan, va o’z faoliyatimga aloqasi bo’lmagan kichik kitob ingliz tilida va urban economics mavzusida bo’ladi. Maqsad? O’zimiz qilgan yoki tarix guvoh bo’lgan boshqa joylardagi shaharsozlikdagi xatolardan o’rganishni o’jarlikcha rad etib kelsak ham bunda bitta ijobiy tarafi bor. Hech bo’lmasa boshqalar o’rganishi mumkin bo’lgan yana bir misol keys bo’ladi. Bu mavzulardagi post va kolonkalarim 2-3 yilda yig’ilib qolibdi.

Daraxtlar, shahar bog’larini qisqarishi, kengaygan ko’chalar, zaiflashgan jamoat transporti (115 va 63 yillik tramvay va trolleybus olib tashlanishi - butun dunyo aynan shularga qarab intilayotgan paytda), noo’rin qurilishlar va shu kabi noto’g’ri qilingan shaharsozlik nafaqat shaharlar ko’rkini, arxitekturasini buzadi, tirbandlik yoki shunga o’xshash muammolarni keltirib chiqaradi, balki u aholi salomatligini, ta’limini va sog’lom turmush tarzini zaiflashtiradi va eng muhimi uni kambag’allashtiradi. Imkoniyatlar tengsizligini kengaytiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi, va qoloqlikda qolib ketishimizga sabab bo'ladi.

Masalan quyidagi rasm kitobda albatta joy topadi.

Kitobning nomi esa Tashkent: A Stolen City yoki Tashkent: A Failed City bo’lsa kerak.

@uzbekonomics