Get Mystery Box with random crypto!

​​“Shu daraxtlarni, shahar bog’larini saqlab qolish uchun “tur | Uzbekonomics

​​“Shu daraxtlarni, shahar bog’larini saqlab qolish uchun “turib” beradigan biror bir mard odam yoki tashkilot yo’q ekan-da” degan gapni aytishingiz yoki eshitishingiz mumkin.

Albatta yo’q. Bo’lishi ham shart emas bundaylarni.

Chunki bunday mard aslida qonun ustuvorligi bo’lishi kerak. Ha, qayta-qayta barcha muammolarga yechim deb biz aytadigan qonun ustuvorligi daraxt va parklarni saqlab qoladigan yagona va eng ishonchli vosita hisoblanadi. Qonun ustuvorligi uch narsani ta’minlaydi (aslida bundan ko’p):

1) mahalliy hokimiyat (viloyat/shahar/tuman) vakillarining aholi tomonidan saylanishini, va natijada o’sha vakillar ijro hokimiyatining emas balki aynan aholi iroda va hohishiga qarab harakat qilishini. Aholiga daraxt va bog'larning kerakligini barcha biladi. Lekin daraxtlarni saqlab qolmaydigan, ya’ni aholi hayotini yomonlaydigan hokimiyat vakillarining qayta saylanmaslik qo’rquvi ularni tartibga soladi.
2) parlament va deputatlar ijro hokimiyatini qattiq nazorat va javobgarlikka tortib turishini. Chunki ijro hokimiyati o’z nomiga yarasha faqat va faqat ijro qilishi kerak.
3) sud tizimi qonunlarga rioya qilinishini va ularni buzganlarga qarshi adolatli va mustaqil jazo berishini. Shu jumladan, ijro hokimiyati vakillariga qarshi ham. Chunki deyarli barcha daraxtlar kesilishi, bog'larni betonlash aslida noqonuniy. Agar bunday bo'lmagan taqdirda ham ikkinchi punktdagilar qonunchilikka o’zgartirish kiritadilar.

Xullas, hokimiyatning uch bo'gini bir-biridan mustaqil va adolatli faoliyat olib borsa, bir-birini tartibga solib tursa nafaqat daraxtlar/bog'lar muammosi balki jamiyatdagi deyarli barcha muammolar yechimini topadi. Maishiy va kundalik muammolar yechimini odamlar ijro hokimiyatidan iltimos qilib so'rab emas, balki parlament orqali va qonunchilik doirasida talab qiladigan davrga ertami-kechmi yetib kelishimizga ishonaman.

Rasmda: dunyodagi eng katta va eng yoshi ulug’ daraxtlardan biri. 1800 yillar oxirida 23-raqamli Benjamin Harrison o’rmondagi daraxtlarning kesilishini qonun bilan taqiqlab AQShdagi ikkinchi milliy bog’ni - Sequoia National Parkni yaratgan edi. AQSh tarixida tabiiy yashil organizmlarni himoya qiladigan birinchi qonuniy qadam edi. Menga eng yoqadigan milliy bog’lardan biri.

Maktabda birinchi martta eshitgan Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’ degan maqolning ma’nosini endi yaxshiroq tushunyapman.

@uzbekonomics