Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.97K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-07-03 17:33:02
O'qishni ko'chirish jarayonlari 15-iyul sanasidan boshlanadi

"Perevod" uchun qabul jarayonlari bu yili http://my.uzbmb.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgust (shu kuni ham)ga qadar amalga oshiriladi.

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish yuqoridagi sayt orqali amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar saytga yuklanadi:

Pasport
Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

Arizangiz bexato to'ldirilgan bo'lsa, hududiy ishchi guruhlar tomonidan "qabul qilindi" statusiga o'tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda to'lov kvitansiyasi shakllanadi. Shundan so'ng click, payme yoki boshqa ilovalar orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

To'lov summasi bugungi kunda 165 ming so'mni tashkil etadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.6K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:02:32
#perevod2023 #Tmii

Xorijdagi yoki O'zbekistonning boshqa oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini TMII ga ko'chirmoqchi bo'lganlar talabalar diqqatiga!

Hozirda Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga o'qishingizni 2- va 3-kursga ko'chirib o'tish imkoniyatga egasiz.

Bunda siz quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak bo'ladi.
Ya'ni:
1. http://timeedu.uz/en/registration saytida ro'yxatdan o'tasiz;
2. O'qishingiz tomonidan beriladigan transkript, baholash daftarchasidan nusxa yoki akademik ma'lumotnomani yuklaysiz;
3. Hamda ro'yxatdan o'tishdagi bir marttalik to'lovni amalga oshirasiz - 200.000 so'm.

So'ngra xodimlarimiz siz bilan bog'lanishadi va qolgan bosqichlarni sizga tushuntirishadi!

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: +998712009005

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota-Rustaveli ko'chasi, 114-uy

Veb-sayt |Telegram |Instagram |Youtube
5.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-11 21:09:16 #TOP1000

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlar roʻyxati

Ushbu ro'yxat 2022-yil uchun hisoblanib, har yili dunyo reytingida o'zgarishlar bo'lib turadi.

TOP-1000 talik oliygohni bitirgan talabalarning diplomlari O'zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.2K views18:09
Ochish/sharhlash
2023-06-11 20:53:33 Live stream finished (1 hour)
17:53
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:45:59 Live stream started
16:45
Ochish/sharhlash
2023-06-11 18:37:41 Ovozli chat boshlandi!

https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollarni yuborish uchun: @nodavlattalim
4.0K viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash
2023-06-11 13:50:28 Nodavlat tibbiyot oliygohi talabalari uchun xushxabar – bitiruvchilar to'liq stavkada ishlashi mumkin

03.10.2022 yil kuni 561-son Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida joriy o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va bosqichma-bosqich barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

11.06.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
4.4K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:08:12
OVOZLI CHAT

O'qishni ko'chirish masalasida ovozli chat!

Ertaga ya'ni 11-iyun soat 20:30da "@Nodavlattalim" telegram kanalida (@Talimgaoid_perevod) kanalimiz bilan hamkorlikda o'qishni ko'chirish hamda nodavlat oliygohlar faoliyati bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.

Ovozli chatda:

O'qishni ko'chirishga doir yangiliklar;
Ichki va tashqi "perevod";
Nodavlat oliygohlar faoliyati;
Nodavlat oliygohlarda o'qishni ko'chirish tartibi;
va boshqa masalalar haqida suhbatlashiladi.

Ishtirokchilar:
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Ta'limga oid (perevod)

Ovozli chatda qatnashish uchun havola:
https://t.me/nodavlattalim?livestream

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
14.3K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2023-06-10 16:05:31 #Nodavlat

Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmasam, o'qishdan chetlashtirilamanmi?

Savol: Men Namangandagi ............. xususiy oliygohida tahsil olaman. Rahbariyat tomonidan yozda o'qishini boshqa oliygohlarga ko'chirmoqchi bo'lgan talabalarga agar "perevod" qila olmasa, o'qishga qaytarib olmasliklari haqida aytishdi. Ya'ni biz "perevod" imtihonidan yiqilsak o'qish joyimizdan ham haydalar ekanmiz, bu qanchalik to'g'ri?

Javob: Hech bir nodavlat oliy ta'lim muassasasi (xatto davlat va xorijiy oliygohlari ham) tahsil olayotgan talabasining boshqa oliygohga o'qishini ko'chirishiga qarshilik qilishi, o'qishini ko'chira olmasa qaytib o'qishga qabul qilmaslik bo'yicha shart qo'yishga mutlaqo haqqi yo'q.

Oliy ta'lim ixtiyoriy ta'lim bosqichi hisoblanadi, talaba o'zi xoxlagan ta'lim muassasasida erkin tahsil olish huquqiga ega. Agarda qaysidir xususiy oliygoh sizni "boshqa oliygohga perevod qila olmasang, seni qayta qabul qilmaymiz" desa, bu VM-393, PQ-279 va konstitutsion huquqlaringizni noqonuniy ravishda poymol etishga kiradi. Hech bir nodavlat oliygohida bunday talab qo'yishga huquq yo'q.

Haqqingizni talab qilishdan qo'rqmang!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.5K viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2023-06-10 13:16:55 Nodavlat oliygohi o'z talabasini "perevod" qilishiga qarshilik qilishi mumkinmi?

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi o'z talabasini boshqa (davlat yoki nodavlat) oliygohlarga o'qishini ko'chirishiga qarshilik qilishi mumkin emas. Biroq, ayrimlar bunday ishni amalga oshirishga ulgurishdi.

Bu asosan sun'iy to'siq shaklida bo'lib, nodavlat oliygoh rahbariyati tomonidan o'z talabasiga quyidagi usullar orqali noqonuniy ravishda o'qishini ko'chirishga qarshilik qilish holatlari kuzatilishi mumkin:

Transkript bermaslik;
O'qishini ko'chirishini ochiqchasiga ta'qiqlash;
Qasddan fanlardan akademik qarzdor qilish;
Talabaga tazyiq o'tkazish;
Shartnomada "ma'lum muddatgacha "perevod" qilish mumkin emas"ligi ko'rsatilganligini aytib ta'qiqlash;
Fanlardan qarzdor talabalarni qayta imtihon olish davrini "perevod" qabulidan keyinga cho'zib qoldirish;
Kerakli hujjatlarni bermay rahbariyat o'zini paysalga solishi.

O'tgan yili ushbu holatlar bir nechta xususiy oliygohlarda kuzatilgan edi va ular o'z talabalarining o'qishini ko'chirishga shu kabi noqonuniy sun'iy to'siqlar qo'yishgan edi. Vaholan-ki, hech bir ta'lim muassasasi bundan cheklov qo'yishga mutlaqo haqqi yo'q.

Agarda sizda ham shu kabi holatlae kuzatilsa, @qabul_admin profiliga murojaat yo'llang.

10.06.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.0K views10:16
Ochish/sharhlash