Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 63

2022-07-01 20:37:24
Ochig'i nima deb izoh yozishni ham bilmadim

@Talimgaoid
9.9K views17:37
Ochish/sharhlash
2022-07-01 17:59:51 Rasman: 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
10.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:57:39 AYRIM KANALLARGA

Kanaldan manbasiz post olib, uning huquqiy asosiga javob berolmay "makkillab" qoladigan vaziyatga tushganingizdan keyin aybni bizga ag'darmang.

Kanalingizda manbasiz post chiqardingizmi, unga javob ham qilib qo'ying. Bizning kanalda barcha ma'lumotlar huquqiy va rasmiy asosga ega. Ma'lumotlar tegishli vazirlik va idoralar orqali aniqlik kiritilganidan so'nggina kanalda e'lon qilinadi.

Aytgancha DTM va OTMlar "call-markaz"dagi hodimlariga ta'lim sohasiga bo'yicha huquqiy savodxonligini oshirishsa yaxshi bo'lardi. Bizga operatorlarning ayrim mavzularda noto'g'ri ma'lumot berayotganligi haqida audio yozuvlar kelib tushmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
10.6K viewsedited  13:57
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:33:29
Ҳурматли, абитуриентлар! Сизлардан илтимос, қаерда ўқиш ниятингиз бўлса, ҳозирдан ўша ерга топширинг. Переводни унутинг.

Мевачилик ва узумчиликка кириб, кейин шифокор бўламан, деган хомхаёлларни миянгиздан чиқариб ташланг. Мевачилик қаердаю тиббиёт қаерда.

Шифокор бўлмоқчимисиз, марҳамат, ҳозир яхши ўқинг ва жиддий тайёрланинг, тиббиёт йўналишларидан бирига топшириб, юқори балл билан талаба бўлинг.

Лекин “кейин перевод қиволаман” деган кўзбўямачиликка борманг, Худо хайрингизни берсин, илтимос.

Яна бир илтимос, қайси ҳудудда ўқиш сизга қулай бўлса, ўша ҳудудга топширинг.

Балл пастроқ бўларкан, деб узоқ ҳудудга ҳужжат топшириб, ўқишга киргач, 1 йилдан кейин “вой-дод, бу ерда қийналиб кетдимку, бизни дардимизни ҳам эшитадиган одам борми, мени яшаш жойимга, ота-онамнинг олдига перевод қилинглар” деб нолиб юрманг. Сизни ҳеч ким бошқа ҳудудга топширсин, деб мажбурлаётгани йўқ, қарорни ўзингиз мустақил қабул қиляпсиз, демак, ўзингиз жавоб беринг энди шунга.

Шароитингиз бўлса, бошқа ҳудудга топширинг, шароитингиз бўлмаса, топширманг. Переводдан умид қилманг. 99% ҳолатда перевод қилолмайсиз.

Келажагингиз учун масъулиятли бўлинг, қарор қабул қилишда жиддийроқ ёндошинг.


@xushnudbek
8.7K views07:33
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:40:33
#Perevod_2022

Diqqat: qabul jarayonlari boshlanishiga 15 kun qoldi.

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Hujjatlar transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz saytlari orqali onlayn ravishda qabul qilinadi.

Kanalimiz orqali "PEREVOD" jarayonlarini yoritib borishga hamda ro'yxatdan o'tish jarayonlariga ko'maklashishga harakat qilamiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
Telegram | Instagram
10.9K views06:40
Ochish/sharhlash