Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.97K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-06-09 19:17:43
#Eslatma

24 kun qoldi

279-sonli Prezident qarorida test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar e’lon qilinishi ko'rsatilgan. Ya'ni aynan 15-iyulda emas, ushbu sanaga qadar e'lon qilinishi nazarda tutilgan.

Demak, o'qishni ko'chirish uchun "o'tish ballari"ni e'lon qilish uchun Oliy ta'lim vazirligi ixtiyorda 24 kun muddat qoldi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.0K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2023-06-04 16:21:59
"Perevod" o'tish bali nega haligacha e'lon qilinmayapti?

O'qishni ko'chirish bo'yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar BMBA (sobiq DTM) saytida e'lon qilinadi. Shunday ekan hali vaqt bor...

Aytishlaricha, bu yil o'qishni ko'chirish bo'yicha o'tish ballari o'zgarishsiz qolish ehtimoli bor.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.8K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2023-06-03 22:02:21
#Perevod_2023

Diqqat: qabul jarayonlari boshlanishiga 40 kun qoldi.

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabuli boshlanadi. Xorijdan va nodavlat oliygohlaridan o'qishni ko'chirish uchun hujjatlar uzbmb.uz sayti orqali onlayn ravishda amalga oshiriladi.

O‘qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.8K views19:02
Ochish/sharhlash
2023-06-03 20:59:39
FARZAND KO'RGAN TALABANING SUYUNCHI OLISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 287-moddasiga ko‘ra, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishi, har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqa miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ko‘rsatilgan.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomning 6-paragrafiga ko‘ra, quyidagi qoidalar belgilangan.

Ushbu nafaqa eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilangan. Bu summa bugungi kunda 660 ming so‘mni tashkil etadi.

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

O‘qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
7.2K views17:59
Ochish/sharhlash
2023-05-31 21:58:49
Litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat oliygohlaridan xushyor bo'ling

Toshkent milliy ta’lim universitetiga
oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oliy ta'lim vazirligi vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

31.05.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
7.6K views18:58
Ochish/sharhlash
2023-05-31 09:19:01 Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

O‘qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.2K views06:19
Ochish/sharhlash
2023-05-31 08:44:51 DIQQAT DIQQAT

• Rossiya
• Tojikiston
• Qirg'iziston
• Qozog'izton
XORIJIY OTMLARDA O'QIB ENDILIKDA O'ZBEKISTON OTMLARIGA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO’LGAN TALABALAR DIQQATIGA !
6 KUN ICHIDA HUJJATLARINI YETKAZIB BERISH XIZMATINI YO'LGA QO'YDI(Transkript -reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

Aloqa xati olgan talabalar diqqatiga

(aloqa xatida ko'rsatilgan 6 ta hujjat to'liq holda)

Murojaat uchun:

+998883009903

@Future_stars_Madina
7.3K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-05-29 23:06:29 #Nostrifikatsiya

NOSTRIFIKATSIYA O'ZI NIMA?

“Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.

NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI?

Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor:
biri imtihon asosida,
ikkinchisi imtihonsiz.

IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA

2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;

 QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);

tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;

Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

Xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA

Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.

Qanday hujjatlar zarur? 

diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);

diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

pasport va pasport nusxasi;

davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so'm).


Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak

Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.1K views20:06
Ochish/sharhlash
2023-05-27 19:21:38
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari ilk bor viloyatlarda ham o‘tkazildi

2023-yil 20-may kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur test sinovi talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etildi.

Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
9.1K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-05-26 18:44:23
O'qishni ko'chirish jarayonlari 15-iyul sanasidan boshlanadi

"Perevod" uchun qabul jarayonlari bu yili http://my.uzbmb.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgust (shu kuni ham)ga qadar amalga oshiriladi.

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish yuqoridagi sayt orqali amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar saytga yuklanadi:

Pasport
Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

Arizangiz bexato to'ldirilgan bo'lsa, hududiy ishchi guruhlar tomonidan "qabul qilindi" statusiga o'tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda to'lov kvitansiyasi shakllanadi. Shundan so'ng click, payme yoki boshqa ilovalar orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

To'lov summasi bugungi kunda 165 ming so'mni tashkil etadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
10.4K viewsedited  15:44
Ochish/sharhlash