Get Mystery Box with random crypto!

#Nodavlat Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmasam, o'q | Ta'limga oid (Perevod)

#Nodavlat

Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmasam, o'qishdan chetlashtirilamanmi?

Savol: Men Namangandagi ............. xususiy oliygohida tahsil olaman. Rahbariyat tomonidan yozda o'qishini boshqa oliygohlarga ko'chirmoqchi bo'lgan talabalarga agar "perevod" qila olmasa, o'qishga qaytarib olmasliklari haqida aytishdi. Ya'ni biz "perevod" imtihonidan yiqilsak o'qish joyimizdan ham haydalar ekanmiz, bu qanchalik to'g'ri?

Javob: Hech bir nodavlat oliy ta'lim muassasasi (xatto davlat va xorijiy oliygohlari ham) tahsil olayotgan talabasining boshqa oliygohga o'qishini ko'chirishiga qarshilik qilishi, o'qishini ko'chira olmasa qaytib o'qishga qabul qilmaslik bo'yicha shart qo'yishga mutlaqo haqqi yo'q.

Oliy ta'lim ixtiyoriy ta'lim bosqichi hisoblanadi, talaba o'zi xoxlagan ta'lim muassasasida erkin tahsil olish huquqiga ega. Agarda qaysidir xususiy oliygoh sizni "boshqa oliygohga perevod qila olmasang, seni qayta qabul qilmaymiz" desa, bu VM-393, PQ-279 va konstitutsion huquqlaringizni noqonuniy ravishda poymol etishga kiradi. Hech bir nodavlat oliygohida bunday talab qo'yishga huquq yo'q.

Haqqingizni talab qilishdan qo'rqmang!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod