Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-07-04 08:23:51 2025-yil 1-yanvardan nodavlat oliygohlar kvota asosida faoliyat yuritadi

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;

oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

04.07.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.7K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:20:32 Ayrim nodavlat oliygohlar faoliyati tugatilishi mumkin

Shu sababli hukumat tomonidan huquqiy oqibatlar uchun qonuniy yechimlar joriy etilmoqda, jumladan:

Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

04.07.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.6K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-07-03 19:40:59 ​​#Nostrifikatsiya

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik hujjat (diplom)larini nostrifikatsiya qilish uchun navbatdagi test o'kaziladigan kunlar ma'lum bo'ldi

Imtihon 2023-yilning 6-iyul payshanba kuni quyidagi manzillarda o'tkaziladi:

Toshkent shahridagi “Alfraganus University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotining Axborot resurs markazi (2-bino) (08:30)
Namangan shahridagi Prezident maktabining Axborot resurs markazi (09:30)
Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti (10:00)
Farg‘ona politexnika institutining Axborot resurs markazi (10:00)
Bilim va malkalarni baholash agentligining Buxoro viloyati bo‘limi binosi (09:00)
Termiz davlat universiteti Axborot texnolgiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino) (09:30)

*DIQQAT!* Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
6.3K views16:40
Ochish/sharhlash
2023-07-03 19:27:36 #Nostrifikatsiya

2023-yil 6-iyul kuni xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan TALABGORLAR RO'YXATI

Test sinov o‘tkaziladigan hudud, test sinovi topshiriladigan fanlar ro‘yxati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali tanishishingiz mumkin.

Test sinovlariga belgilangan hududga va belgilangan vaqtda, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) bilan yetib kelishingiz so‘raladi.

Talabgorlarning test topshirish hududi haqidagi maʼlumotlar yuqoridagi eʼlonda keltirilgan.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
5.7K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:33:02
O'qishni ko'chirish jarayonlari 15-iyul sanasidan boshlanadi

"Perevod" uchun qabul jarayonlari bu yili http://my.uzbmb.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgust (shu kuni ham)ga qadar amalga oshiriladi.

Xorijdan va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish yuqoridagi sayt orqali amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar saytga yuklanadi:

Pasport
Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma'lumotnoma)

Arizangiz bexato to'ldirilgan bo'lsa, hududiy ishchi guruhlar tomonidan "qabul qilindi" statusiga o'tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda to'lov kvitansiyasi shakllanadi. Shundan so'ng click, payme yoki boshqa ilovalar orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

To'lov summasi bugungi kunda 165 ming so'mni tashkil etadi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.6K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-07-03 17:02:32
#perevod2023 #Tmii

Xorijdagi yoki O'zbekistonning boshqa oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini TMII ga ko'chirmoqchi bo'lganlar talabalar diqqatiga!

Hozirda Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga o'qishingizni 2- va 3-kursga ko'chirib o'tish imkoniyatga egasiz.

Bunda siz quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak bo'ladi.
Ya'ni:
1. http://timeedu.uz/en/registration saytida ro'yxatdan o'tasiz;
2. O'qishingiz tomonidan beriladigan transkript, baholash daftarchasidan nusxa yoki akademik ma'lumotnomani yuklaysiz;
3. Hamda ro'yxatdan o'tishdagi bir marttalik to'lovni amalga oshirasiz - 200.000 so'm.

So'ngra xodimlarimiz siz bilan bog'lanishadi va qolgan bosqichlarni sizga tushuntirishadi!

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: +998712009005

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota-Rustaveli ko'chasi, 114-uy

Veb-sayt |Telegram |Instagram |Youtube
5.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-11 21:09:16 #TOP1000

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlar roʻyxati

Ushbu ro'yxat 2022-yil uchun hisoblanib, har yili dunyo reytingida o'zgarishlar bo'lib turadi.

TOP-1000 talik oliygohni bitirgan talabalarning diplomlari O'zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.2K views18:09
Ochish/sharhlash
2023-06-11 20:53:33 Live stream finished (1 hour)
17:53
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:45:59 Live stream started
16:45
Ochish/sharhlash
2023-06-11 18:37:41 Ovozli chat boshlandi!

https://t.me/nodavlattalim?livestream

Savollarni yuborish uchun: @nodavlattalim
4.0K viewsedited  15:37
Ochish/sharhlash