Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-12 14:36:12
#Sõragan_edingiz

Uzrli sababga ega nodavlat oliygohi talabasining o'qishini ko'chirish tartibi qanday?

Ikkita uzrli sababga ega bo'lgan nodavlat oliygohning talabasi davlat oliygohiga o'qishini imtihon asosida ko'chiradi. Sababi nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi xorijdan o'qishni ko'chirish tartibi bilan bir xil shaklda imtihon asosida bo'lib o'tadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.5K viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2023-05-12 11:22:59
#Sõragan_edingiz

Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga o'qishni ko'chirib ololmasangiz...??

Agarda siz nodavlat oliygohida tahsil olib, davlat yoki boshqa nodavlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun imtihonlardan o'tolmasangiz bu o'qishingizga muammo emas.

Ya'ni talaba o'zi o'qiyotgan nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish imtihonlarida o'zini sinab ko'rishi mumkin. Agarda imtihondan yiqilsa, o'qishini kelgan joyidan davom ettirish huquqiga ega. Imtihondan o'tolmagani uchun o'qiyotgan oliygohi o'qishdan haydashga haqqi yo'q....

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.2K viewsedited  08:22
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:32:39
#HEMIS

Nechta OTM HEMIS tizimi asosida faoliyat olib boradi?

Bugungi kunda 187 ta oliy ta'lim muassasalari HEMIS tizimidan foydalanadilar, shundan:

Akademiyalar – 4 ta
Universitetlar – 35 ta
Institutlar – 47 ta
Nodavlat oliygohlar – 49 ta
OTM filiallari – 26 ta
Xorijiy oliygohlar – 26 ta

Eslatib o'tamiz, endilikda HEMIS dasturi kirib bormagan nodavlat oliygoh talabalariga diplom berilmasligi mumkin.

08.05.2023

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.9K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:14:16
Neftegaz sohasida BYUDJET asosida o’qish!
Ufa (Rossiya)

Yo’nalishlar:
— Neftegaz
— Konchilik
— Amaliy Geologiya
— IT
— Tilla kon qazilmalar
— Metallurgiya

4 yil BEPUL Ta’lim!
O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati
O'zbekistonga Diplom o'tadi!
Xaftasiga 20 soat Ishlash Imkoniyati

QOLGAN JOYLAR SONI: 22 TA!

TOSHKENT:
940031001 | 334961001
NAMANGAN:
999861001 | 999841001
BUXORO:
996141001

Onlayn Murojaat

Telegram | Instagram | Telegram
5.2K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:48:16 Nostrifikatsiya bo'yicha navbatda test kunlari tez orada e'lon qilinadi

Xorijiy davlatda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish uchun o‘tkaziladigan navbatdagi test sinovi haqidagi maʼlumotlar yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.

Test sinovlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.6K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-05-08 19:36:15
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar:

“Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;

“Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;

Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari yuqorida ko‘rsatilgan;

Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, ya’ni kim mana shu o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qat’i nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.6K views16:36
Ochish/sharhlash
2023-05-08 16:01:36
#Litsenziya

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi o'zgarmoqda

Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil ko'rsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga o'zgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim bo'lgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag'i endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yo'l qo'yilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun o'quv binosi ijara asosida bo'lishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, o'quv binosi oliygoh ochmoqchi bo'lgan MCH balansida bo'lishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda bo'lishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan ta'minlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin bo'lmoqda.

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.9K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-05-07 20:53:56
#Sõragan_edingiz

O'tgan yilgi transkript bilan perevod qilish mumkinmi?

SAVOL: O'tgan yilgi perevod uchun transkript olgandim, lekin imtihondan yiqildim. Bu yil o'sha transkript bilan "perevod" uchun hujjat topshira olamanmi?

JAVOB: Agarda siz hozirda o'qiyotgan oliygohingizda tahsilni davom ettirayotgan bo'lsangiz, yangi transkript olishingiz shart. Ya'ni 2022/2023 o'quv yilining ikki semestr ko'rsatilgan transkript bilan hujjat topshirishingiz talab etiladi.

Mobodo siz, imtihonda yiqilib, qaytib oliygohingizga bormaganligingiz sababli o'qishdan chetlatilgan bo'lsangiz, demak bir yil avvalgi transkript bilan ham "perevod" uchun hujjat topshira olishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.9K viewsedited  17:53
Ochish/sharhlash
2023-05-07 18:40:02 #Litsenziya

Litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlar ro'yxati

Ushbu ro'yxatdagi nodavlat oliy ta'lim muassasalari tegishli litsenziyaga ega bo'lib, ular tomonidan berilgan diplomlar O'zbekiston hududida tan olinadi.

Ro'yxatda 78 ta oliygoh keltirilgan, aslida litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlar soni bugungi kunda 84 tani tashkil etadi.‌‌

07.05.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
6.0K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-05-07 12:05:53 #Perevod2023

​​​​ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha baholash mezoni bu yil qanday bo'ladi?

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o'tgan yili 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan edi.

2022-yilda baholash mezoni quyidagicha edi:

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida (20 ta savol) 3,15 balldan, majburiy fanlarda (10 tadan savol) 2,1 balldan berilib, 3 soat vaqt ajratilgan edi.

2023-yilda quydagicha baholash mezoni kutilmoqda:

Maksimal ball – 189 ball. Majburiy fanlar blokidagi savollarga 1 balldan, mutaxassislik blokidagi 1-fanga – 3,1 balldan, 2-fanga – 2,1 balldan beriladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
7.2K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash