Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-13 18:57:18
#Sõragan_edingiz

Nodavlat oliygohidan davlat oliygohining noturdosh yo'nalishiga o'qishni ko'chirish mumkin

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ikki xil usulda ko'chirish mumkin:

1) Imtihon asosida – mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chira olasiz;
2) Imtihonsiz – noturdosh ta'lim yo'nalishlariga oshirilgan kontrakt asosida o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

@Talimgaoid_perevod
3.7K viewsedited  15:57
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:57:48
#Sõragan_edingiz

Bu yil o'qishni ko'chirish uchun o'tish bali nechi bo'ladi?

O'qishni ko'chirish uchun navbatdagi qabul jarayonlari har yilgidek iyul-avgust oyida, imtihon esa avgust oyining 25-28 kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.

Joriy yilgi "perevod" uchun o'tish ballarining o'zgarishi masalasida hozircha yangilik yo'q. O'tgan yili o'tish ballari ta'lim sohalarida kesimida e'lon qilingan edi va bu yildan o'tish ballari bir yil avvalgi abituriyentlar topshirgan ta'lim yo'nalishlarining o'tish ballari bo'yicha hisoblanishi sobiq vazir A.Toshqulov tomonidan aytilgan edi.

Endilikda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar kelganidan so'ng bu masalada biror bir jiddiy munosabat berilgani yo'q. Referendumdan so'ng bu masalaga oydinlik kiritilsa kerak.

Yangiliklarni birinchi bo'lib kanalimizda xabar beramiz.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.0K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2023-04-11 21:59:59 Aytishlaricha, o'qishni ko'chirish masalasida sezilarli o'zgarish bo'lishi kutilmayapti.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.0K views18:59
Ochish/sharhlash
2023-04-11 21:59:04
#Sõragan_edingiz

Amaliy fanlar universitetidan O'zMUga o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Toshkent shahrida joylashgan Amaliy fanlar universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi xorijdan o'qishni ko'chirish tartibi bilan bir xil.

Ya'ni belgilangan test (kasbiy-ijodiy) imtihonlar asosida yetarli ball to'plash orqali o'qishni ko'chirish mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.0K viewsedited  18:59
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:03:42
Vazir va hokimlarga 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar biriktiriladi

Har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga “ahvoli og‘ir” toifadagi 50 nafardan e’tiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

https://kun.uz/uz/97203165

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
1.0K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2023-04-10 17:21:31
#Sõragan_edingiz

Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi uchun "perevod" imtihoni qaysi fandan bo'ladi?

O'qishni ko'chirishda belgilangan test sinovlari bir yil avvalgi abituriyentlar uchun e'lon qilingan fanlar majmuasi asosida bo'ladi.

Ya'ni Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishiga o'tgan yilgi fan bloki bo'yicha test sinovlari bo'lib o'tadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.3K viewsedited  14:21
Ochish/sharhlash
2023-04-09 19:21:09
#Sõragan_edingiz

O'zbekiston oliygohlaridan xorijiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish tartibi qanday?

Har bir davlatda o'qishni ko'chirish bo'yicha o'z tartib-qoidasi bor. Xorijiy talabalar va mahalliy talabalar uchun o'qishni ko'chirish tartibi turli xil ko'rinishida bo'ladi, jumladan O'zbekistonda ham.

Xorijiy mamlakatlarda o'qishni ko'chirish tartibi asosan oliygohlar o'rtasida hal qilinadi, ya'ni huddi biz singari vazirlik darajasidagi vahimali narsa emas. Agarda siz O'zbekistondagi qaysidir oliygoh talabasi bo'lsangiz o'qishingizni xorijiy mamlakatlardagi birorta oliygohga ko'chirmoqchi bo'lsa o'sha oliygoh bilan bog'lanishingiz tavsiya etiladi.

Sababi ko'p davlatlarda va ko'p hollarda o'qishni ko'chirish tartibini oliygohning o'zi mustaqil hal qiladi. Ya'ni sizning ishingiz o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygoh bilan bitadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.6K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-04-08 22:32:55 #Xususiy_oliygohlar

Nima uchun ayrim nodavlat
oliygohlar
ushbu ro'yxatdan chiqmadi?

Hemis dasturi kirib borgan nodavlat oliygohlar va xorijiy oliygohlar filliallari ro'yxatini kiritdik. Biroq ko'plab (xatto taniqli) nodavlat oliygohlarini ushbu ro'yxatda uchratmaysiz. Sababi ro'yxatga kiritilmagan nodavlat (xususiy) oliygohlar hali HEMIS dasturiga o'tmagan yoki o'tish bosqichida turibdi.

Xabaringiz bor, avvalroq Hemis dasturi kirib bormagan nodavlat oliygohlarining diplomi tan olinmasligi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Agarda siz o'qiyotgan oliygoh ro'yxati yuqoridagi faylda bo'lmasa, demak oliygoh yo "HEMIS" dasturiga sentarbga qadar o'tishi mumkin yoki hozircha niyati yo'q.

Buni oliygohingizdan aniqlashtirishni maslahat beramiz!

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.5K viewsedited  19:32
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:09:53 #Nodavlat_oliygohlar

HEMIS dasturi asosida faoliyat yurituvchi nodavlat oliygohlar ro'yxati (07.04.2023 holatiga)

Xabaringiz bor, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun yangi o'quv yilidan HEMIS dasturi asosida kredit-modul tizimi orqali faoliyat yuritish belgilanganligi, hemis dasturiga kiritilmagan talabalar uchun diplom berilmasligi haqida ma'lum qilgan edik.

Ushbu faylda 7-aprel holatiga ko'ra, HEMIS dasturi kirib borgan respublika hududida tegishli litsenziya asosida faoliyat yurituvchi nodavlat (xorijiy oliygohlar filiallari) ro'yxati keltirilgan.

Manba: @Nodavlattalim

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
3.1K views09:09
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:47:22 Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.7K views05:47
Ochish/sharhlash