Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-19 09:18:26
Talabalar xushyor bo'lamiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati e’lon qilindi.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
10.9K views06:18
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:49:47 O'qishni ko'chirish bo'yicha yangilik bormi?

Ko'pchilik ushbu savol bilan murojaat qilmoqda. O'qishni ko'chirish bo'yicha hozircha yangilik yo'q. Lekin yaqinda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun tasdiqlanadigan kvota qarorida albatta o'qishni ko'chirish bo'yicha yangilik bo'ladi.

Sababi o'qishni ko'chirish tartibiga yangilik sifatida "masofaviy ta'lim" shakli ham kirib keldi. Shu sababli qonunchilikka o'zgartirish kiritishga ehtiyoj bor.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
7.2K views12:49
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:06:51 Ayni vaqtda ishchi guruh Namangan viloyatida joylashgan nodavlat oliygohlarda bo'lib turibdi.

Yuqorida aytganimizdek, ishchi guruh bir nechta yo'nalishlar bo'yicha nodavlat oliygohlar faoliyatini o'rganmoqda.

Eslatib o'tamiz, Namangan viloyatida litsenziyaga ega 5 ta nodavlat oliygoh mavjud.

Turan international university
University of Business and Science
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Namangan filiali (Yodju)
Impuls tibbiyot instituti
Namangan Xalqaro Universiteti

17.05.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.4K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-05-17 21:33:17
Nodavlat oliygohlar uchun tekshiruv boshlandi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan tegishli litsenziya ega bo'lgan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining faoliyatini o'rganish yuzasidan ishchi guruh faoliyatini boshladi.

Toshkent shahridagi bir qator oliygohlar faoliyatini o'rgangan ishchi guruhning navbatdagi manzili Namangan viloyatidagi nodavlat oliy ta'li tashkilotlari bo'lib, asosan quyidagi masalalar o'rganiladi:

Umumiy litsenziya talablari va shartlarni bajarilganligi bo'yicha;
O'quv va o'quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs markazi faoliyati;
Talabalar soni va ularga to'g'ri keluvchi asosiy shtatdagi professor o'qituvchilar soni hamda ularning mehnat shartnomalari;
O'quv auditoriyalarda yaratilgan sharoitlar;
Axborot texnologiyalar hamda bino hududiga qo'yilgan talablar.

17.05.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
5.7K views18:33
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:07:45
Ov boshlandi: Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiritish va ko'chirib berish bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini Qirgʻiz Respublikasidagi oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib, soʻngra Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand va Guliston shaharlarida ham shu kabi holatlar kuzatilgan.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
8.6K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2023-05-16 22:04:47 #Nostrifikatsiya

2023-yil 20-may kuni xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan TALABGORLAR RO'YXATI

Test sinov o‘tkaziladigan hudud, test sinovi topshiriladigan fanlar ro‘yxati bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali tanishishingiz mumkin.

Test sinovlariga belgilangan hududga va belgilangan vaqtda, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) bilan yetib kelishingiz so‘raladi.

Talabgorlarning test topshirish hududi haqidagi maʼlumotlar yuqoridagi eʼlonda keltirilgan.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
6.7K viewsedited  19:04
Ochish/sharhlash
2023-05-16 22:02:33
#Nostrifikatsiya

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik hujjat (diplom)larini nostrifikatsiya qilish uchun navbatdagi test o'kaziladigan kunlar ma'lum bo'ldi

Imtihon 2023-yilning 20-may kuni quyidagi manzillarda o'tkaziladi:

Toshkent shahridagi “Alfraganus University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotining Axborot resurs markazi (2-bino)
Andijon shahridagi Prezident maktabining Axborot resurs markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumi
Farg‘ona politexnika institutining Axborot resurs markazi
Andijon shahridagi Prezident maktabining Axborot resurs markazi

DIQQAT! Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga doir xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
6.1K views19:02
Ochish/sharhlash
2023-05-15 19:19:43
"Perevod" o'tish bali nega haligacha e'lon qilinmayapti?

O'qishni ko'chirish bo'yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar BMBA (sobiq DTM) saytida e'lon qilinadi. Shynday ekan hali vaqt bor...

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.6K viewsedited  16:19
Ochish/sharhlash
2023-05-15 17:41:30 ​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bu yil qanday tartibda bo‘ladi?

Prezidentning 279-son qaroriga muvofiq talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilgan:

xorijdagi (jumladan, TOP-1000 talikdan o‘rin olgan) OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mumkin;

ko‘chirish imtihon asosida talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va majburiy 3 ta fandan test, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (xuddi bakalavr qabulida bo‘lgani kabi);

test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tasarrufida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining _(old.DTM)_ rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, xorijdan o‘qishni ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinmaydi, faqat imtihon asosida amalga oshiriladi.

Manba: eduuz

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
7.4K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-05-13 22:55:13 #Murojaat

"ICHKI PEREVOD"ga ruxsat berishsin – talabalar murojaati

"Assalomu aleykum Hurmatli Vazir Ibrohim Abdurahmonov. Biz talabalar sizga murojaat qilmoqdamiz, ichki perevod to'g'risidagi qarorni qayta ko'rib chiqinglar. O'z viloyatimizga o'z yo'nalishimizni o'zgartirmagan holda perevodga ruxsat berilsin. Ichki perevod qilishga ruxsat berilsin, shu muammoni ko'rib chiqinglar, ijobiy Hal qilib beringlar iltimos qilamiz sizdan, juda ko'plab talabalar shu qarordan norozi, qiynalib o'qishmoqda, o'z yashash hududimizga o'z yo'nalishimiz bo'yicha perevod qilishga ruxsat berilsin..."

Murojaat tahrirsiz e'lon qilindi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
1.5K views19:55
Ochish/sharhlash