Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-07 11:05:55 #TOP1000

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati

Ushbu ro'yxat 2022-yil uchun hisoblanib, har yili dunyo reytingida o'zgarishlar bo'lib turadi.

TOP-1000 talik oliygohni bitirgan talabalarning diplomlari O'zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
7.7K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-05-05 21:35:45
#Perevod2023

Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas? (Jadval o'zgarishi kutilmoqda)

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. So'nggi ikki yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

Biroq, bu ta'lim shakllaro ruxsat MASOFAVIY ta'lim shakli joriy etilgani sababli bu yil o'zgarishi kutilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid xabarlar:
@Talimgaoid_perevod
8.2K views18:35
Ochish/sharhlash
2023-05-05 18:38:06 #Perevod2023

"Perevod" qabuli boshlanishiga 2 oy vaqt qoldi

​​​​Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

ariza;
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
pasport nusxasi.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
7.4K viewsedited  15:38
Ochish/sharhlash
2023-05-05 16:20:35
#Andijon

Andijonda yangi nodavlat oliygoh ochilishi kutilmoqda

Andijon viloyatida tez orada "Yangi Andijon universiteti" xususiy oliygohi ochilishi kutilmoqda. Oliygohning tashkiliy masalalari o'z yakuniga yetgan bo'lib, ayni vaqtda litsenziya olish jarayoni bosqichida turibdi.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i M.Madazimov 2023-yil 2-may kuni muassasasaga tashrif buyurib litsenziya olish masalalari bo'yicha tavsiyalari bilan bo'lishdi.

Ushbu oliyohda bakalavriatning ijtimoiy-pedagogik hamda tibbiyot ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassis kadrlar yetishtirib chiqarish ko'zda tutilgan.

04.05.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
6.1K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-05-04 19:42:55 Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.

Unga koʻra:

Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.

Ijtimoiy taʼminot yordami talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼiy nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.2K views16:42
Ochish/sharhlash
2023-05-02 20:09:46 #Nostrifikatsiya

NOSTRIFIKATSIYA O'ZI NIMA?

“Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.

NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI?

Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor:
biri imtihon asosida,
ikkinchisi imtihonsiz.

IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA

2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;

 QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);

tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;

Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

Xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA

Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.

Qanday hujjatlar zarur? 

diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);

diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

pasport va pasport nusxasi;

davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so'm).


Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak

Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.3K views17:09
Ochish/sharhlash
2023-05-02 06:27:44
Endilikda @Hemisedu_bot telegram botida to‘lov shartnoma ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

kontrakt.edu.uz bo‘limi orqali shartnoma fayli va to‘lov ma’lumotlarini olishingiz mumkin.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
5.3K views03:27
Ochish/sharhlash
2023-04-30 15:15:59
Bu videoni guruhiga "perevodchilar" kelgan talabalar tushunadi

(Albatta hazil)

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.1K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash
2023-04-29 10:59:47 Nodavlat oliygohlar diplomi tan olinadimi?

Aniq va batafsil tushuntiramiz:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oliy ta'lim xizmatini ko'rsatishga ruxsat beruvchi LITSENZIYAga ega bo'lgan nodavlat oliygohlar diplomi O'zbekiston hududida muammosiz tan olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada tan olinadi.

Demak-ki, "men o'qiyotgan nodavlat oliygohning diplomi o'tadimi?" degan savol bilan o'zingizni qiynamang. Litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlar diplomi qonunchilikka binoan 100 foiz tan olinadi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.0K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2023-04-29 07:54:54
#Ovozli_chat
Bugun 16:00 da "XUSUSIY TA'LIM" mavzusida ovozli chat bo'lib o'tadi

Ovozli chatda Namangan Xalqaro Universitetining bosh direktori Jahongir Mamatxonov hamda sobiq Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov ishtirok etadi.

Unda xususiy ta'lim kelajagi, kamchilik va yutuqlari haqida suhbat bo‘lib o‘tadi. Ovozli chat Namangan Xalqaro Universiteti (@namxuuz) telegram kanalida bo'lib o‘tadi.

O‘zingiz qiziqtirgan savollarni oldindan @namxutakliflarbot manziliga yuborishingiz mumkin.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/namxuuz?livestream

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | web-sayt |
YouTube
2.7K views04:54
Ochish/sharhlash