Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliygohi o'z talabasini 'perevod' qilishiga qarshilik | Ta'limga oid (Perevod)

Nodavlat oliygohi o'z talabasini "perevod" qilishiga qarshilik qilishi mumkinmi?

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi o'z talabasini boshqa (davlat yoki nodavlat) oliygohlarga o'qishini ko'chirishiga qarshilik qilishi mumkin emas. Biroq, ayrimlar bunday ishni amalga oshirishga ulgurishdi.

Bu asosan sun'iy to'siq shaklida bo'lib, nodavlat oliygoh rahbariyati tomonidan o'z talabasiga quyidagi usullar orqali noqonuniy ravishda o'qishini ko'chirishga qarshilik qilish holatlari kuzatilishi mumkin:

Transkript bermaslik;
O'qishini ko'chirishini ochiqchasiga ta'qiqlash;
Qasddan fanlardan akademik qarzdor qilish;
Talabaga tazyiq o'tkazish;
Shartnomada "ma'lum muddatgacha "perevod" qilish mumkin emas"ligi ko'rsatilganligini aytib ta'qiqlash;
Fanlardan qarzdor talabalarni qayta imtihon olish davrini "perevod" qabulidan keyinga cho'zib qoldirish;
Kerakli hujjatlarni bermay rahbariyat o'zini paysalga solishi.

O'tgan yili ushbu holatlar bir nechta xususiy oliygohlarda kuzatilgan edi va ular o'z talabalarining o'qishini ko'chirishga shu kabi noqonuniy sun'iy to'siqlar qo'yishgan edi. Vaholan-ki, hech bir ta'lim muassasasi bundan cheklov qo'yishga mutlaqo haqqi yo'q.

Agarda sizda ham shu kabi holatlae kuzatilsa, @qabul_admin profiliga murojaat yo'llang.

10.06.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi