Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat tibbiyot oliygohi talabalari uchun xushxabar – bitiru | Ta'limga oid (Perevod)

Nodavlat tibbiyot oliygohi talabalari uchun xushxabar – bitiruvchilar to'liq stavkada ishlashi mumkin

03.10.2022 yil kuni 561-son Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida joriy o‘quv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va bosqichma-bosqich barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

11.06.2023

@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi