Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.37K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Perevod_reklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-28 20:51:39
Biz qaytdik (yangiliklar bilan)

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
4.2K views17:51
Ochish/sharhlash
2023-04-21 09:11:02
"Ta'limga oid" kanali ma'muriyati barcha yurtdoshlarimizni Iyd hayit ayyomi bilan muborakbod etadi. Oilangizga tinchlik, yuzingizga tabassum tilab qolamiz. Samimiylik va halollik aslo bizlarni tark etmasin.

@Talimgaoid
2.5K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-04-21 09:02:24
Abuturentlar va perevodchilar diqqatiga! — RAMAZON HAYITIGA AJOYIB TUHFA!!!
(20%-CHEGIRMA)

Hujjat topshirishga ULGURIB QOLING!!!
QABUL YAKUNLANMOQDA!

Ta’lim yo’nalishlari:
Pedagogika va Psixologiya
Filologiya va tillarni o’qitish ( o'zbek, ingliz, rus, koreys)
Biologiya
Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim
Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
Moliya
Soliq va soliqqa tortish
Sug'urta ishi
IT va sun'iy intellekt
Tarix
Turizm
Jismoniy yo‘nalishlar
Defektologiya
Falsafa
Xalqaro munosabatlar
Milliy g'oya va Huquq ta'limi
Arxitektura va dizayn
Bug'alteriya hisobi
Bank ishi va audit
Matematika va informatika
Geodeziya va kadastr
Neft va gaz
Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Elektr energetikasi (tarmoqlar  bo‘yicha)

Tibbiyot yo'nalishlari:
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya

2-kurs va 3-kursga o’qishni ko’chirish imkoniyati ham mavjud

Onlayn hujjat topshirish:
@Qabulbulim

Batafsil ma’lumot uchun:
77-006-32-37
33-625-06-09
2.7K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:39:32
Ramazon hayiti munosabati bilan barcha ta'lim muassasalari 4 kun dam oladi

Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko‘ra Ramazon hayiti 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 22–24-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

O‘quv jarayonlari joriy yil 25-aprel, seshanbadan boshlanadi. Farmon nodavlat oliygohlarga ham tegishli.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
2.3K views12:39
Ochish/sharhlash
2023-04-19 18:09:12 Super-kontrakt miqdorlari (2022-yil holatiga)

Nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga noturdosh yo'nalishlarga imtihonsiz oshirilgan kontrakt asosida ko'chirish mumkinligi haqida aytgan edik.

Ilovadagi jadval orqali 2022-holatiga ko'ra, yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.6K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-04-18 21:11:04
#Sõragan_edingiz

O'qishni ko'chirishda til sertifikatlari imtiyoz beradimi?

O'qishni ko'chirishda (xox ichki, xox tashqi bo'lsin) turli xil til yoki boshqa sertifikatlar, xalqaro yutuq yoki diplomlar, kam ta'minlagan, boquvchisini yo'qotgan yoxud boshqa har qanday toifaga kiruvchi talabalar uchun hech qanday imtiyoz berilmagan.

Qisqa qilib aytilsa, "perevod"da imtiyoz mavjud emas..

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.6K views18:11
Ochish/sharhlash
2023-04-16 18:52:42
Xorijdagi talaba va vatandoshlar bilan ochiq muloqot

Havola: https://us02web.zoom.us/j/6754369530?pwd=a0xXK2JudjVMZHNpRHhQS2dpL2FBUT09
Идентификатор конференции: 675 436 9530
Код доступа: 11111

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
501 views15:52
Ochish/sharhlash
2023-04-14 21:08:58 O'QISHNI KO'CHIRISHDA SUPER KONTRAKT MIQDORI QANCHA

Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o'z xoxishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
1.9K views18:08
Ochish/sharhlash
2023-04-14 09:31:27
O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasining 52-moddasi:

“Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
3.7K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-04-13 22:02:11 Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilyapti

Talabalarga 2-kursdan boshlab OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etilishi kutilyapti.

Qaror loyiha sifatida kiritilgan bo'lib, tasdiqlansa bu o'zgarish nodavlat oliygoh talabalariga tegishli bo'ladi.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.7K views19:02
Ochish/sharhlash