Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-31 06:30:16
Bolalarni shifokor pediatrning profilaktik ko'rigiga borish jadvali

1 yoshgacha bo'lgan bolalar - har oyda bir marta, 1 yoshgacha 12 marta.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar - har uch oyda bir marta, 3 yoshgacha 9 marta.

3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar - har olti oyda bir marta, 5 yoshgacha 4 marta.

5 yoshgacha umumiy profilaktik ko'riklar soni 25 ta bo'lishi kerak.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.8K viewsDoctor Muxtorov, 03:30
Ochish/sharhlash
2023-05-30 18:03:37
Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin?

Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi.
Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi
Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal;
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal
7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi.

Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi.

Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.4K viewsDoctor Muxtorov, 15:03
Ochish/sharhlash
2023-05-30 15:50:27
Bolalarda geografik til sabablari

Hazm organlari ishining buzilishi. Noto‘g‘ri ovqatlanish yoki zaxarlanish.

Deskvamativ glossit. Ko‘krak yoshidagi bolalarda tish chiqish paytida uchraydi.

Qizlardagi gormonal o‘zgarish. Birinchi menstruatsiya paytida.

Anemiya. Ko‘pincha og‘ir darjadagi anemiyada uchraydi.

Infeksiya. Ba’zi infeksion kasalliklarda mikroflora o‘zgarishi hisobiga.

Vitamin yetishmovchiligi. Ayniqsa B12 yetishmovchiligida.

Endokrin tizimdagi o‘zgarishlar.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.3K viewsDoctor Muxtorov, 12:50
Ochish/sharhlash
2023-05-28 13:37:36
Bilasizmi, alla aytilganda bolaning yurak urishi sekinlashadi va u tinchlanadi?

Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga ta’siri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida ko‘proq bilib oling.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.9K viewsDoctor Muxtorov, 10:37
Ochish/sharhlash
2023-05-27 19:33:37
Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi?

Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning o’sishini tezlashtirmaydi va qalin bo’lishini ham ta’minlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning o’zi genetik ma’lumotlarga asoslangan holda, ma’lum algoritmlar asosida amalga oshiradi. Ba’zan ota-onalar orasida sochini kal qilib olsa jingalak sochi tekis bo’ladi degan noto’gri xulosalar uchrab turadi. Agar bolaning irsiyatida sochning jingalak bo’lishi yozilgan (ota-onadan o’tgan) bo’lsa, siz bu holatni bolaning sochini kal qilib olib o’zgartira olmaysiz, bolangizni boricha qabul qiling.

Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning o’tkir tig’i bolaning nozik, ta’sirchan terisini va hali to’liq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin. Bu holat keyinchalik bolaning sochini siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish: @Pediatric_uz
10.2K viewsDoctor Muxtorov, 16:33
Ochish/sharhlash
2023-05-26 18:35:31
Ayollar yildan yilga kamroq tug‘ishmoqda: buning asl sababi nimada?

Ayollar ta’lim va mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan oilada farzandlar soni ham qisqarib bormoqda. Farzand o‘stirish xarajatlari ham oshdi. Bundan 50 yil oldin oilalarning o‘rtacha 5 farzandi bo‘lgan, hozir esa bu ko‘rsatkich 3 nafarga ham yetmaydi.

1952 yilda bir oila o‘rtacha 5 farzandli bo‘lgan, 2020 yilga kelib esa bir oilaga 2,4 nafar farzand to‘g‘ri kelyapti.

Nega ayollar kamroq farzandli bo‘lyapti?

Weforum nashri tahliliga ko‘ra, buning 3 ta asosiy sababi bor:
Ayollarning ta’lim va mehnat bozorida kuchayishi, o‘rin topishi;
Bolalar o‘limining kamayishi;
Farzand o‘stirish xarajatlarining ortishi.

Manba Kun.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
9.7K viewsDoctor Muxtorov, 15:35
Ochish/sharhlash
2023-05-26 16:31:00
Chaqaloqlarda vezikulopustulyoz

-terining mahalliy infeksion kasalligi bo‘lib, asosida ekkrin ter bezlarining yallig‘lanishi yotadi.

Qo‘zg‘atuvchilari:
-stafilakokklar
-streptokokklar
-klebsiella
-Candida albicans

Sog‘lom bolalarda hayotining 5-7 kunidan paydo bo‘ladi. Tug‘ruqdan keyingi infekion zararlanish uchun signal hisoblanadi.

Toshma dastlab ichida rangsiz suyuqlik saqlagan pufakcha ko‘rinishida, keyinchalik esa pustula(yiringcha)ga aylanadi. 2-3 kundan keyin pustula yoriladi va qobiqcha hosil bo‘ladi.

Pediatr yoki dermatolog ko‘rigi o‘tqazilishi kerak.

Ko‘rikkacha terini furatsillin eritmasi bilan kuniga bir necha marta artish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 13:31
Ochish/sharhlash
2023-05-21 07:01:47
Ona suti bola ehtiyojini to'liq qondiryaptimi yo'qmi qanday aniqlash mumkin

Har bir onani bolam sutimga to'yyaptimi yoki yaxshi o'syaptimi degan savollar doim o'ylantiradi.

Kichkintoy ona sutiga to'yyaptimi yo'qmi quyidagilar orqali aniqlash mumkin:

Bola sutka davomida tagligini 6 va undan ko'p marta och sariq rangli siydik bilan ho'llashi
24 soat oralig'ida 3 martadan 6 martagacha sariq rangda ichi kelishi
Hayotining dastlabki 6 oyi davomida oyiga 700-800 g, haftasiga esa o'rtacha 150-250 g vazni ortib borishi
Sutka davomida kamida 10-12 marta emishi
Qisqa dam olishlar bilan ritmik emishi, jag' harakatlarini ko'rinib turishi
Emizish seanslari oralig'ida bolaning tetik, faol va harakatchan bo'lishi.

Bolada yuqoridagi hamma belgilarni bo'lishi, uni ona suti bilan to'laqonli ta'minlayotganini bildiradi. Kerak bo'lmagan holatda sun'iy aralashmalarga o'tib ketishni oldini oladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2.3K viewsDoctor Muxtorov, 04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-21 06:00:53
3-КУНДАН БОШЛАБ ГИЖЖАЛАРДАН ХАЛОС БЎЛИШНИ БОШЛАНГ

Фарзандингиз ухлаганда тишларини ғижирлатяптими?
Бадан ва юзларида оқ доғлар борми?
Сабабсиз қорин оғриқлари безовта қиляптими?
Уйқусизлик, ҳолсизлик, иштаҳа йўқлигидан азият чекяптими?

Гижжа ва бошқа паразитлар сабаб бўлувчи ушбу муаммоларни бартараф этиш учун табиий "RIKKI" антипаразитарини тавсия этамиз.

Маҳсулот организмни зарарли токсинлардан тозалайди ва гижжа қуртларидан халос этади.

+998712032228
@Numakids_uz

Ҳавола орқали ўтинг ва мутахассисдан бепул маслаҳат олинг.
2.4K viewsDoctor Muxtorov, 03:00
Ochish/sharhlash
2023-05-21 03:16:00
Uchinchi mahorat darsi

Bolaning xotirasi qachondan shakllana boshlaydi va bu jarayon qanday kechadi?
Emizikli chaqaloqlar nega buncha ko‘p uxlashi sababini bilasizmi?
Kichkintoylar bilan muloqotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Bolani til o‘rganishga qachondan va qanday qilib jalb qilsa bo‘ladi?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2.7K viewsDoctor Muxtorov, 00:16
Ochish/sharhlash