Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 62

2021-01-21 19:00:25 BOLALAR SEREBRAL FALAJLIGI

https://telegra.ph/BOLALAR-SEREBRAL-FALAJLIGIDCP-11-10

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
11.0K viewsDoctor Muxtorov, 16:00
Ochish/sharhlash
2021-01-21 17:00:34
Guruchli bo‘tqa qovoq bilan - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma #nonushta

Mahsulotlar:
•Sut - 2 stakan
•Guruch - 3 osh qoshiq
•Qovoq - 5 osh qoshiq
•Shakar - 2 choy qoshiq
•Tuz - ta‘bga ko‘ra

Tayyorlanishi:
1.Guruch sovuq suvda yuviladi, kub shaklida kesilgan qovoq va sut qo‘shiladi, olovga qo‘yiladi.
2.Qachonki sut qaynashni boshlagandan keyin shakar va tuz qo‘shiladi. Past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi, ora-orada kovlab turiladi.
3. Tayyor bo‘lgan bo‘tqaga saryog‘ qo‘shish mumkin.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
10.0K viewsDoctor Muxtorov, edited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:05:00
Bolalar amaliyotida isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladigan Ibuprofen(Ibufen D, Sinepar) tarkibli siroplarni qanday dozada berish kerak?

3 dan 6 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(5-7,6 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3 mahal

6 dan 12 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(7,7-9 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3-4 mahal

1 yoshdan 3 yoshgacha (10-15 kg)
sutkasiga 5 ml dan 3 mahal

4 yoshdan 6 yoshgacha (16-20 kg)
sutkasiga 7,5 ml dan 3 mahal

7 yoshdan 9 yoshgacha (21-29 kg)
sutkasiga 10 ml dan 3 mahal

10 yoshdan 12 yoshgacha (30-40 kg)
sutkasiga 15 ml dan 3 mahal

Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi. Preparatni qo‘llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashing!

Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
11.2K viewsDoctor Muxtorov, 18:05
Ochish/sharhlash
2021-01-19 18:24:36
#massaj_video

Ko‘krak yoshidagi bolalarning ichi qotganida qilinadigan massaj harakatlari

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.5K viewsDoctor Muxtorov, 15:24
Ochish/sharhlash
2021-01-18 17:31:53 Chaqaloqlar sariqligi - turlari, sabablari, belgilari, diagnostikasi, davolash, oqibatlari

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-sariqlik-03-31

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
12.4K viewsDoctor Muxtorov, 14:31
Ochish/sharhlash
2021-01-16 17:33:10 Gipovitaminoz B12(sianokobalamin yetishmovchiligi)

Katta yoshdagi bolalarda namoyon bo‘lishi:
Megaloblastik anemiya
Atrofik gastrit
Glossit
Periferik neyropatiya
Vitiligo(Pes kasalligi)
Orqa miya zararlanishi

Erta va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda namoyon bo‘lishi:

Megaloblastik anemiya
Leykopeniya
Neytrofillar gipersegmentatsiyasi
Trombositopeniya
Atrofik gastrit
Glossit
Terining ochiq qismlari giperpigmentatsiyasi
Psixomotor rivojlanishdan ortda qolish
Tutqanoq
Koma

Qondagi miqdori 10 nmol/l dan kam bo‘lmasligi kerak.

Davosi.
Vitamin B12 kun ora 5-8 mkg/kg dozada mushak orasiga yuborish.

Vitamin B12 ga boy diyeta:
Jigar
Buyrak
Go‘sht
Baliq
Lavlagi
Pishloq
Sut

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.4K viewsDoctor Muxtorov, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-01-15 18:37:31 Bolalar stomatiti nima o‘zi? Uni qanday davolash mumkin?
O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

https://telegra.ph/BOLALAR-STOMATITI-TURLARI-DAVOLASH-03-22

Kanalga qo‘shilish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.6K viewsDoctor Muxtorov, 15:37
Ochish/sharhlash
2021-01-12 18:01:02 Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
16.2K viewsDoctor Muxtorov, 15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-12 17:14:17
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
19.9K viewsDoctor Muxtorov, 14:14
Ochish/sharhlash
2021-01-11 06:58:24
Chaqaloqlarda neonatal talvasalar

Neonatal talvasalar – yangi tug‘ilgan bolalarda epilepsiyaning simptomatik ko‘rinishi hisoblanadi. Patologiyaning uchrashi har 1000 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 1-16 tasida qayd etiladi, ko‘proq o‘g‘il bolalarda yuzaga chiqadi. Bunda bolaning tug‘ilish muddati katta ahamiyatga ega, chala tug‘ilgan bolalarda sudorgilar uchrashi ko‘proq hamda patologiya og‘irroq kechadi. Neonatal talvasalar pediatriya sohasida muammoli holatlardan biridir, chunki patologiya asoratlari qaytmas bo‘lishi mumkin, ayniqsa bola hayotining 1 oyida juda xavfli. O‘lim holati 15-40 % ni tashkil etadi, yashab qolgan bolalarda nogironlik kelib chiqish ehtimoli juda yuqori.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
13.3K viewsDoctor Muxtorov, 03:58
Ochish/sharhlash