Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-04-23 19:01:16
Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?

2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari


Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.

Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.9K viewsDoctor Muxtorov, 16:01
Ochish/sharhlash
2023-04-23 14:07:10
480 gramm tug‘ilgan bola 4 yoshga to‘ldi. Kam vaznli go‘daklar hayoti qanday saqlab qolinyapti?

O‘zbekistonda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. 500 grammdan 1000 grammgacha vaznda tug‘ilgan go‘daklarning yashab qolish ko‘rsatkichi 3 barobar oshdi. “Qizim 480 gramm tug‘ilgan. 6 oylik tug‘ilgan chaqaloqning yashab ketishiga ishonmagandim. Mana, hozir 4 ga kirdi”, deydi bolasi Toshkent shahar perinatal markazida parvarishlangan onalardan biri.

Videoni koʻrish

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.4K viewsDoctor Muxtorov, 11:07
Ochish/sharhlash
2023-04-21 16:14:26
UNICEF ma'lumotlariga ko'ra, pandemiya davrida 67 million bola rejali vaksinatsiyalarni olmagan.

Vaksinalar bizni o'nlab yillar davomida himoya qilmoqda. Poliomielit, qizamiq, difteriya, chechak va boshqa kasallliklar emlashlar tufayli to'liq yoki deyarli yo'q qilindi.

Bu orqaga qaytish qizamiq va poliomielit kabi oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklar sonining ko'payishiga olib keldi.

Farzandlaringizga rejali vaksinatsiyalarni vaqtida olishni ta'minlash orqali kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bir nechta xavfli kasalliklarni oldini olgan bo'lasiz!

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.4K viewsDoctor Muxtorov, edited  13:14
Ochish/sharhlash
2023-04-20 22:01:02
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!

Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.0K viewsDoctor Muxtorov, 19:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:31:09
MILIA

Milia –yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda ona gormonlari ta'siri ostida yog‘ bezlari ajralmalarining ko'p ajralishidan va yog‘ bezlarning chiqish yo'llari to'silishi oqibatida paydo bo'ladi. Ko'p holatlarda burun qanotlari, qanshar, peshona va iyaklarda yig'iladi. Kam hollarda butun tanani qoplaydi. Teri yuzasidan yuqorida yog‘ bezlari ajralmasi bilan to'ldirilgan 1–2 mm hajmdagi tugunchalar ko'rinishida bo'ladi. 50 foiz chaqaloqlarda kuzatiladi.
Davolash shart emas, 1–2 hafta ichida o‘zi yo‘qoladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.7K viewsDoctor Muxtorov, 12:31
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:00:02
Ассалому алайкум азизлар Нума оиласи барчангизни Рамазон Ҳайит айёми билан чин қалбдан табриклайди ва ушбу улуғ айём муносабати билан ҳар бир буюртмангиз учун қиймати
. сўмдан
. . сўмгача бўлган ҳадияларни сиз учун тайёрлаб қўйганимизни маълум қиламиз

Телефон рақамларингизни ёзиб қолдиринг ва ҳаридингиз учун ҳадияни қўлга киритинг

#Диққат эслатиб ўтамиз ҳадиялар топшириш мавсуми фақатгина бугун ва эртага давом этади.Шошилинг

+998973717778
@Numa_Detox
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:57:52
Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari

Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)

Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi.

1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.

Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.

Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.

Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.

Yuqoridagi dozalar faqat ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.3K viewsDoctor Muxtorov, 11:57
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:55:39
Bolalarda og'iz bo'shlig'i kandidozi (yelikish, molochnitsa)

Bu kasallik og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zamburug'li zararlanishi hisoblanadi. Qo'zg'atuvchilari: Candida albicans, Candida tropicans, Candida crusei.

Kasalikka olib keluvchi asosiy omil bu qayt qilish va qusishdir.

O'tkir og'iz bo'shlig'i kandidozi 3 ta shaklga bo'linadi:
-yengil
-o'rta og'ir
-og'ir

Kasallikning asosiy belgisi og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining karash bilan qoplanishidir(Til, tanglay va yonoqlarning ichki devori). Bundan tashqari shilliq qavatda qizarish va bolada bezovtalik kuzatiladi. Til oqarishi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi, chunki sut ichganidan keyin tili oqarishi mumkin.

Og'ir holatlarda esa yutish og'riqli bo'lganligi uchun bola emish va shishadan ovqatlanishni rad etadi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
10.0K viewsDoctor Muxtorov, edited  08:55
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:09:22
TIBBIY AKSIYA DAVOM ETMOQDA

Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan "Ezgulik manzili"ning ish kunidan videoreportaj

Aksiya davomida 400 dan ortiq bemor bolajonlarga tibbiy-ko‘rik o‘tkazildi va kerakli maslahatlar berildi.

64 nafar bolada operasiya o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Manba: bolalarfondi.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.4K viewsDoctor Muxtorov, 09:09
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:29:05
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari

Isitma(37,5-38,5 °C)
Ishtaha pasayishi
Bosh og'rig'i
Umumiy holsizlik(Tez charchash)
Qichishish
Toshma

Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog'-papula bo'lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to'lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo'shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi(Rasmda toshma evolutsiyasi). Pigmentli dog'lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo'lmaydi.

Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo'llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon(isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o'zida toshmaning turli rivojlanish (dog', papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu holat soxta polimorfizm deyiladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
2.4K viewsDoctor Muxtorov, 05:29
Ochish/sharhlash