Get Mystery Box with random crypto!

Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi? Chaqaloqlarnin | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi?

Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning o’sishini tezlashtirmaydi va qalin bo’lishini ham ta’minlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning o’zi genetik ma’lumotlarga asoslangan holda, ma’lum algoritmlar asosida amalga oshiradi. Ba’zan ota-onalar orasida sochini kal qilib olsa jingalak sochi tekis bo’ladi degan noto’gri xulosalar uchrab turadi. Agar bolaning irsiyatida sochning jingalak bo’lishi yozilgan (ota-onadan o’tgan) bo’lsa, siz bu holatni bolaning sochini kal qilib olib o’zgartira olmaysiz, bolangizni boricha qabul qiling.

Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning o’tkir tig’i bolaning nozik, ta’sirchan terisini va hali to’liq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin. Bu holat keyinchalik bolaning sochini siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish: @Pediatric_uz