Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-05-20 20:01:50
Bolalarda temperament tiplari

Xolerik
U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi.

Sangvinik
Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin.

Flegmatik
Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi.

Melanxolik
Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz
4.1K viewsDoctor Muxtorov, 17:01
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:01:16
Farzandlarimdan yig’lab uzr so’raganman.

Bundan 5-6 yil avval farzand tarbiyasidan treninga borganman va farzandlarimning tarbiyasida qilgan xatolarimni tushinib treningdan yig’lab chiqib ketganman.

Qilayotgan kichik xatoyingiz ham farzandingizning kuchli buyuk shaxs bo’lib yetishishiga to’sqinlik qiladi.

Men Farzand tarbiyasi bo’yicha mutaxasiss Dilafruz Xidoyatova sizlar uchun 22-23-24-may kunlari 3 kunlik “Jazosiz tarbiya” nomli bepul onlayn Masterklass tashkil qilayapman.

Bu masterklassda sizlar bilan farzandimizni buyuk, komil, kuchli shaxs qilib tarbiyalash yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Masterklassga qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish:
https://t.me/+CYP5tbrCL0YyNjNi
https://t.me/+CYP5tbrCL0YyNjNi
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 16:01
Ochish/sharhlash
2023-05-20 17:02:39
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.6K viewsDoctor Muxtorov, edited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-05-19 17:32:29
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi yoki qat'iyan rad etiladi?

Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi va bolaning tuzalishi kechikadi. Shuning uchun bu kasalliklarda bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari(Fallo tetradasi) bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.

Tug‘ruq travmalari(ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi. Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlar olib kelishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.6K viewsDoctor Muxtorov, 14:32
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:31:02
Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari:

Ishtaha pasayishi
Ozib ketish
Isitma(davriy ravishda)
Ich ketish(yoki qotishi)
Ko‘ngil aynishi
Qusish (kam hollarda)
Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida)
Qo‘zg‘aluvchanlik
Tez charchash
Bosh og‘rig‘i
Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv)
Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida)
Anemiya
Ko‘p so‘lak ajralishi
Soch to‘kilishi(tanga shaklida)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.2K viewsDoctor Muxtorov, 11:31
Ochish/sharhlash
2023-05-18 12:02:05
Bolalarda raxit kasalligini oldini olish

Tug'ruqdan oldin(homilador ayollar uchun):
D vitaminiga boy mahsulotlar iste'mol qilish
Quyosh nurlari ostida sayr qilish
Polivitaminlar qabul qilish(200-400 XB D vitamini saqlovchi)

Tug'ruqdan keyin chaqaloqlarda:
Quyoshli kunlarda sayr qilish (9-10 lar atrofida)
Bolani bir yoshgacha ona suti bilan boqish
Massaj va gimnastik mashqlar o'tqazish
Profilaktik doza(500 XB = 1 tomchi)da D vitamini ichirish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.9K viewsDoctor Muxtorov, 09:02
Ochish/sharhlash
2023-05-16 19:44:02
Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?

Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
Tana harorati ko‘tarilsa
Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
Biror jismni yutib yuborsa
Bolaning ichi 5 martada ortiq
Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa


Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.5K viewsDoctor Muxtorov, 16:44
Ochish/sharhlash
2023-05-16 18:18:22 Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma

https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-kefalogematoma-06-03

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.1K viewsDoctor Muxtorov, 15:18
Ochish/sharhlash
2023-05-12 19:15:22
So'rish refleksi

So'zsiz, inson hayotidagi eng muhim reflekslardan biridir.

Uning mohiyati shundaki, agar chaqaloqning lablari yoki tiliga tegsangiz, u shu ondayoq xuddi so‘rayotgandek harakat qila boshlaydi, ko'rsatkich barmog'ini og'ziga 3-4 sm kiritilganda, bola ritmik so'rish harakatini amalga oshiradi.

Emgandan keyin, bolada bu refleks bir muncha so‘nadi, ammo keyingi emizsababiqtiga yaqin yana kuchayadi.

Odatda, bu refleks bolaning 3-4 yoshligida yo'qoladi, sababi, keyinchalik bunga ehtiyoj qolmaydi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.7K viewsDoctor Muxtorov, 16:15
Ochish/sharhlash
2023-05-12 18:10:04 АЛЛЕРГОЛОГ-ИММУНОЛОГ БИЛАН МАСЛАҲАТЛАШИНГ!

Бурун битиши, аксириш, кўз қичишиши, кўз ёшланиши, нафас олиш ва чиқаришда қийналиш,оғиздан нафас олиш, хуштаксимон хирриллаш, йўтал, балғам ажралиши, тунги уйқусизлик, бош оғриғи, терига тошма тошиши, қичишиш, ноқулайлик
...

Буларнинг барчасидан халос бўлишни хоҳлайсизми

Унда сизга аллерголог маслаҳати зарур

Шифокор аллерголог-иммунолог
Шерзод Мухторов


+998901317775
+998971437775

Манзил: "Пойтахт мед" клиникаси (Тошкент шаҳар, Чилонзор)

Иш вақти: дам олиш кунисиз ҳафтанинг 7 кунида соат 7:00 дан 12:00 гача (навбатга ёздириб келасиз)

Каналга уланинг:
t.me/allergologimmunolog
Реклама
4.2K viewsDoctor Muxtorov, 15:10
Ochish/sharhlash