Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-05-12 14:54:02
Sabzi va olmadan salat - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma

Mahsulotlar:
• sabzi
• olma
• shakar qiyomi

Tayyorlanishi:
1. Sabzi va olma yuviladi, tozalanadi, ustidan qaynoq suv quyiladi, mayda qirg‘ichdan o‘tqaziladi va shakar qiyomi qo‘shib aralashtiriladi.

2. Shakar qiyomi - 1:1 nisbatda suv va shakar aralashtiriladi, maromiga yetguncha qaynatiladi va sovitiladi.

Bolaga tushlik vaqtiga tayyorlab berilsa, juda foydali bo‘ladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.6K viewsDoctor Muxtorov, 11:54
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:54:13
Ортиқча вазин ва катта қориндан тез, самарали, ишончли, зарарсиз халос бўлиш усули топилди.
Тезда силкага кириб билиб олинг
3-кундаёқ озинг
Натижалар 10.000 дан ортиқ

Телеграм группаларга секингина юбориб қўямиз
4.5K viewsDoctor Muxtorov, 10:54
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:40:52
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.7K viewsDoctor Muxtorov, 10:40
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:38:52
Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.7K viewsDoctor Muxtorov, 08:38
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:01:22
8-may "Xalqaro onalar kuni"

8-may Xalqaro onalar kuni munosabati bilan @pediatric_uz jamoasi kanalimizdagi barcha onajonlarni muborakbod etadi. Farzandlaringiz baxtiga doim salomat bo‘ling!

Eng yaxshi tilaklar faqatgina siz aziz onajonlar uchun!

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
11.4K viewsDoctor Muxtorov, 04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-05 16:51:42
JSST koronavirus pandemiyasi tugatilganini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda COVID-19 pandemiyasi bekor qilingani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, JSST tomonidan 2020 yil 30 yanvarda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan dastlab favqulodda holat, o‘sha yil 11 mart sanasida esa pandemiya e’lon qilingandi.

“2020 yildan buyon rasman 7 millionga yaqin kishi COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, — deydi T. Gebreyesus. — Ammo real raqamlar bundan ancha yuqori. Biz kamida 20 million o‘lim holatini nazarda tutyapmiz”.

Manba: SSV

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
10.6K viewsDoctor Muxtorov, 13:51
Ochish/sharhlash
2023-05-05 13:04:02
Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
10.2K viewsDoctor Muxtorov, 10:04
Ochish/sharhlash
2023-05-05 12:51:14
Bolalarda sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlari

Markaziy kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 6-10 oylikda chiqadi, yuqorigi kurak tishlar esa 7-12 oylikda chiqadi. Ular bola 6-8 yosh bo'lganida tushib ketadi.
Yonbosh kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 7-16 oylikda, yuqorigi kurak tishlar esa 9-12 oylikda chiqadi. Ularning tushib ketish vaqti bola hayotining 7-8 yillariga toʻgʻri keladi.
Qoziq tishlar. Pastki qoziq tishlar 16-23 oylikda chiqadi. Yuqorigi qoziq tishlar esa 16-22 oylikda chiqadi va bu tishlar 9-12 yoshga to'lganda tushib ketadi.
Kichik oziq tishlar. Pastki kichik oziq tishlar 12-18 oylikda, yuqorigi kichik oziq tishlar esa 13-19 oyda chiqadi. Bola 9-11 yoshga to'lganida tushib ketadi.
Katta oziq tishlar. Pastki qismdagilar 20-31 oylarda, yuqorigi esa 25-33 oyda chiqsa, bola hayotining 10-12 yoshlariga kelib tushib ketadi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.5K viewsDoctor Muxtorov, 09:51
Ochish/sharhlash
2023-05-04 19:30:35
Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to'lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo'lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to'liq shakllanmagan bo'ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o'zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo'shimchalar unga og'irlik qiladi.

Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog' miqdori minimal bo'lgan, konservant, bo'yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak.

6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
10.0K viewsDoctor Muxtorov, 16:30
Ochish/sharhlash
2023-05-03 15:30:25
Bolangiz qaysi yoshda qanday tovush(harf)larni talaffuz qila olishi kerakligini bilasizmi?

Bolalar talaffuzida tovushlarni paydo bo‘lish normalari:

1 yoshdan 2 yoshgacha:
A, O, E
P, B, M

2 yoshdan 3 yoshgacha:
I, U
F, V
T, D, N
K, G, X,

3 yoshdan 5 yoshgacha:
S, Z
SH
J, CH

5 yoshdan 6 yoshgacha:
L, R

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
9.2K viewsDoctor Muxtorov, 12:30
Ochish/sharhlash