Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.75K
Kanalning ta’rifi

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal!
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin!
Bolalar parvarishi uchun: @bolajon_parvarishi
Reklama va taklif 👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-02 18:22:20
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari

Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi.

Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi.

Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi.

Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
9.8K viewsDoctor Muxtorov, 15:22
Ochish/sharhlash
2023-06-02 17:01:14
ARLEKIN SINDROMI

Ko‘proq chala tug‘ulgan chaqaloqlarda qon-tomir fenomeni ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Ehtimol, bu vegetativ regulyatsiya mexanizmi disbalansi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Yonbosh holatda yotgan chaqaloqlar terisida, tanasining yuqori yarmida oqarish va pastki yarmida esa yorqin qizil rang aniqlanadi.

U bola holatini o‘zgartirishi bilan almashinadi.

Davolash shart emas, bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketadi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.9K viewsDoctor Muxtorov, 14:01
Ochish/sharhlash
2023-06-02 16:56:33
Bola parvarishi telegram kanali barcha onajonlarni taklif qiladi!

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar parvarishi(kindik, burun, teri)
Emizikli onalar uchun tavsiyalar
Qo'shimcha ovqat bo'yicha tavsiyalar
Bolalar uyqusi bo'yicha tavsiyalar
Bolalarni kiyintirish bo'yicha tavsiyalar
Bolajonlar uchun ovqat retseptlari
Bolajonlar uchun kun tartibini tuzish
Onalar o'qishi shart bo'lgan kitoblar
Bolani tarbiyalashga doir tavsiyalar
Bolajonlar uchun foydali videolar
Shifokor pediatr tavsiyalari

Yuqoridagilarning hammasini Bola parvarishi kanalidan topishingiz mumkin.

https://t.me/Bolajon_parvarishi
5.4K viewsDoctor Muxtorov, 13:56
Ochish/sharhlash
2023-06-02 16:53:35 Laktozani o'zlashtira olmaslik

– organizmning sut va sut mahsulotlariga reaksiyasi. Laktaza fermentining yetishmovchiligi, ko'p hollarda chaqaloqlarda uchraydi. Kattalarda laktoza o‘zlashtira olmaslikni, sutga bolgan allergiya bilan farqlash lozim. 1-holatda sut iste’moli nazorati, 2-holatda esa butunlay sutni ratsiondan chiqarib tashlash lozim. Bolalarda laktozani o'zlashtira olmaslik genetik xususiyat bolib, osiyoliklarda ko'proq uchraydi.

SABABLARI:

- Nasliy moyillik
- Yalliglanish kasalliklari, gripp
- Ichak va oshqozonda jarroxlik operatsiyalari.

BELGILARI:

sut ichgandan so'ng 20-30 minutdan keyin paydo boladi.
- Qorin shishi
- Og'riq
- Ortiqcha gaz hosil bolishi
- Ich tez kelishi
- Diareya
- Qayt qilish
- Organizm kuchsizligi
- Isitma
- Qaltirash
- Harorat ortishi
- Bosh aylanishi

Chaqaloqlardagi belgilar:
- Kokrakdan bosh tortish
- Emizish vaqtida bola yiglaydi
- Emizish vaqtida bola kop harakatlanadi, tipirchilaydi
- Kekirish
- Yomon uxlash
- Gaz ko'p hosil bo'lishi.

DIAGNOSTIKA:

- Gastroenterolog korigi
- Nafas chiqarishda vodorodga analiz (laktoza saqlovchi suyuqlik ichadi, maxsus moslamaga nafas chiqaradi)
- Qon umumiy tahlili
- Qonda glyukozani tekshirish

Chaqaloqlarda:
- Pediatr korigi
- Najas kislotaliligini tekshirish
- Qonni glyukozaga tekshirish

DAVOLASH:

- Dietolog konsultatsiyasi
- Gastroenterolog konsultatsiyasi
- Sut saqlovchi mahsulotlarni cheklash
- Maxsus parhez usuli
- Sut mahsulotlarini boshqa ovqatlar bilan sekinlik bilan kombinatsiyalash
- Ovqatni kam-kamdan yeyish
- Sut mahsulotlari soya suti va soya pishlog’i bilan almashtirish
- Laktozali mahsulotlarni istemol qilish
- Kalsiy va vitamin D boy mahsulotlarni ratsionga kiritish
- Ovqatga qo’shimcha moddalar kirgizish
- Yangi tugilgan chaqaloqlarni laktozasiz suniy aralashmalarga o`tkazish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
5.5K viewsDoctor Muxtorov, 13:53
Ochish/sharhlash
2023-06-02 16:24:53
Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi sababi nima?

Ichaklarda gaz hosil boʼlishi –3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloq organizmi uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

Chaqaloqning emish vaqtida havo yutishi(aerofagiya)

Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi

Ba'zi bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi.

Aralash yoki to'liq sun'iy oziqlantirish

Ona yoki bolaning antibiotiklar qabul qilishi.

Ichakning o'tkir infeksion kasalliklari

Sutdagi laktozani parchalaydigan ferment(laktaza) yetishmovchiligi

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.1K viewsDoctor Muxtorov, 13:24
Ochish/sharhlash
2023-06-02 15:26:34
Bolaning ilk qo‘shimcha ovqati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Olti oyga to‘lgan o‘g‘il-qizlar rasioniga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.2K viewsDoctor Muxtorov, 12:26
Ochish/sharhlash
2023-06-01 10:58:34
TABRIK!

Barcha bolajonlarni 1-iyun “Xarqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan tabriklayman. Ularni doimo sog‘u-salomat bo‘lishi tilakdoshiman.

Bolalarimizni asraylik! Chunki bu dunyoda ulardanda ortiqroq boyligimiz yo‘q!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
11.6K viewsDoctor Muxtorov, 07:58
Ochish/sharhlash
2023-05-31 14:23:51
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda jismoniy ko‘rsatkich normalari(Oy kuni yetib tug‘ulgan chaqaloqlar uchun)

1.Tana uzunligi normada - 46-56 sm(1 yoshda 74-76sm)

2.Tana vazni normada - 2500-4000g(6 oylikda 7300-8800g, 1 yoshda 9700 - 11200g )

3.Bosh aylanasi normada- 34-36 sm(1 yoshda 46-48 sm)

4.Ko‘krak aylanasi normada - 33-35 sm(1 yoshda 48-50sm)

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
8.2K viewsDoctor Muxtorov, 11:23
Ochish/sharhlash
2023-05-31 14:22:12
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
7.8K viewsDoctor Muxtorov, 11:22
Ochish/sharhlash
2023-05-31 11:30:43
Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas?

Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi.

Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa.

Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.

Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi.

Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.

Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.9K viewsDoctor Muxtorov, 08:30
Ochish/sharhlash