Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘ll | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin?

Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi.
Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi
Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal;
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal
7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi.

Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi.

Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook